31 may kuni Oliy Liga 10-tur uchrashuvlari doirasida Samarqandning «Dinamo» jamoasi o`z maydonida Namanganning «Navbahor» jamoasini qabul qildi.
Kurashlarga boy o`tgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. Uchrashuvda hisob 58-daqiqada mehmonlar vakili G`ayrat Jo`raev tomonidan ochilgan bo`lsa, oradan 20 daqiqa o`tib Sirojiddin Sayfiev «Dinamo»ga bir ochko keltirgan javob goli muallifiga aylandi.
Ushbu durang natija 13-o`rinda borayotgan «Dinamo»ga ochkolar soni bo`yicha «Neftchi» va «Sho`rtan»ga tenglashib olish imkonini bergan bo`lsa (7 ochko), «Navbahor» ochkolari sonini 12taga etkazib, 9-o`rinni egallab turibdi.
Oliy Liga, 10-tur uchrashuvi
31 may, juma
«DINAMO» - «NAVBAHOR» - 1:1. 5623 tomoshabin.
Hakamlar: V.Tseytlin, H.Shodmonov, A.Tsapenko, I.Ibrohimov.
Nazoratchi: G.Imomov.
«Dinamo»: 27.A.Melnichuk, 6.A.Bozorov, 10.T.Mirzaev (8.Yu.Suyunov, 76, A.Risqullaev, 90+2), 13.A.Kletskov, 16.A.Xolmurodov, 17.A.Nabiev, 18.S.Sayfiev, A.Bobojonov, 22.F.Abdusalimov (V.Kilikevich, 46), 24.T.Dadashev, 26.K.Sharofutdinov.
«Navbahor»: 16.D.Romanenko, 4.A.Toirov, 6.L.Koshelev, 9.I.Boydadaev, 10.A.Bahriddinov (8.A.Axmedov, 88), 13.T.Sultonov, 20.G`.Jo`raev, 25.A.Jo`raev (17.S.Abdullaev, 57), 26.Q.Muhammadjonov, 30.S.Hamidov (A.Sultonov, 67), 32.J.Mehmonov.
Gol: Sirojiddin Sayfiev 78, - G`ayrat Jo`raev, 58.
Ogohlantirishlar: F.Abdusalimov 12, A.Kletskov 45, A.Nabiev 65 – A.Bahriddinov 32, Q.Mamajonov 41, T.Sultonov 90.
Uchrashuvdan so`ng
Mustafo Bayramov, «Navbahor» bosh murabbiyi: «Bugun yaxshi o`yin namoyish etdik. Ammo, yaratilgan vaziyatlarning hammasidan ham foydalana olganimiz yo`q. Aks holda bugun Samarqanddan g`alaba bilan qaytishimiz ham mumkin edi. Qolaversa, hujumchimiz Ro`zimboy Ahmedov ham jarohati bois bizga yordam bera olmadi. Har ikki tomon ham ochiq, tomoshabop o`yin namoyish etdi deb o`ylayman. Endi oldimizda 20 kunlik tanaffus bor. Mana shundan foydalanib, kamchiliklar ustida ishlaymiz».
Ravshan Haydarov, «Dinamo» bosh murabbiyi v/b: «Afsuski, irodali g`alaba qozonish bizga nasib etmadi. Hisobda muvozanatni tiklaganimizdan keyin, 2-3 ta golli vaziyatlarni ko`kka sovurdik. Bu vaziyatda shogirdlarimga sovuqqonlik etishmadi, deb o`ylayman. Aks holda bitta aniq zarba g`alabani keltirishi mumkin edi. Charchoq alomatlarini havoning issiqligi bilan izohlagan bo`lardim. Bunday havoda har ikki jamoa futbolchilari ham charchab qolishdi. Turlar oralig`ida yuzaga keladigan uch haftalik tanaffus paytida Toshkentda yig`in tashkil etib, nazorat uchrashuvlarini tashkil etish rejamizda bor».