«Chust-Paxtakor» PFK (Chust)ga nisbatan tartib-intizom choralari ko`rildi.
O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 12-turida doirasida o`tkazilgan va 0:0 hisobida durang natija bilan yakuniga etgan «Chust-Paxtakor» – «Kosonsoy» uchrashuvida maydon egalari safida, avvalgi o`yinlarda to`rtta sariq kartochka olgan o`yinchi – S. Allaev maydonga tushgan.
O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich «Sharq» mintaqasi 12-tur uchrashuvlari doirasidagi «Chust-Paxtakor» - «Kosonsoy» uchrashuvida Reglamentni (4-modda, 4.27-band) buzgani uchun, «Chust-Paxtakor» PFKga texnik mag`lubiyat (-:+), «Kosonsoy» PFKga esa texnik g`alaba (+:-) yozildi.
Uchrashuvdagi gollar bekor qilindi, uchrashuv davomida ko`rsatilgan sariq va qizil kartochkalar o`z kuchida qoldi.
Tartib-intizom kodeksiga (5-modda, 5.22-band) asosan, «Chust-Paxtakor» PFK jarimaga tortildi.
Futbolchi S. Allaev jamoaning navbatdagi o`yinini o`tkazib yuborishi shart.