25 may kuni Oliy Liganing 9-turidan o`rin olgan 4 uchrashuv bo`lib o`tdi.
Turning markaziy o`yini Qarshida bo`lib o`tdi. E`tiborlisi «Nasaf» uyiga safar uyushtirgan chempionat peshqadami - Toshkentning «Lokomotiv» klubi mavsumdagi ilk mag`lubiyatini qabul qildi.
O`yinning 5-daqiqasidayoq Artur Gevorkyan «Nasaf»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo`lim yakunigacha har ikkala jamoada ham hisobnii o`zgartirish uchun qulay imkoniyatlar bo`lganiga qaramay, hisob o`zgarmadi. Ikkinchi bo`limning 52-daqiqasida Lokomotiv» yarim himoyachisi Sadriddin Abdullaev boshi bilan «Nasaf» darvozasini ishg`ol qildi va hisobni tenglashtirdi. 72-daqiqada esa, «Nasaf» yana hisobda oldinga chiqib oldi. Bu safar Artur Gevorkyan mehmonlar darvozasini ishg`ol etishga erishdi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida «Lokomotiv» futbolchilarida hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlar bo`ldi, ammo hisob o`zgarmadi. Shu tariqa, «Lokomotiv» mavsumdagi ilk mag`lubiyatini Qarshida qabul qildi.
O`yindan keyingi murabbiylar fikrlari:
Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» bosh murabbiyi: - «Bugun ikki xil taymga guvoh bo`ldik. Birinchi bo`limda goldan keyin tashabbus raqib tomonida bo`ldi. Ikkinchi bo`limda hisob tenglashgach, yigitlar g`alabaga bo`lgan irodalarini namoyish etishdi. O`z navbatida muxlislar ham bugun bizning 12- o`yinchimizga aylanishdi. Buning uchun ularga ham alohida minnatdorchilik bildiramanj. O`yindan o`yinga jamoamiz shiddatli o`yin ko`rsatmokda. Bundan keyin ham shu ruhda davom etamiz va muxlislarimizni hursand etamiz».
Hakim Fuzaylov, «Lokomotiv» bosh murabbiyi: -«O`yin debyutidayoq gol o`tkazib yubordik. Gevorkyan tomonidan amalsha oshirilgan jarima to`pi ideal ko`rinish hosil qildi. Bu vaziyatda darvozabonni ayblay olmayman. Goldan keyin tashabbus biz tomonda bo`ldi. Ikkinchi bo`lim boshida hisob tenglashtirdik. Keyin jamoamga nima bo`lganiga o`zim ham tushunmay qoldim. Tashabbus to`liq raqib tomoniga o`tdi. Va ular bugun haqli g`alabaga erishdilar. Garchi bugun mag`lubiyatga uchragan bo`lsakda. Oldimizda mavsum oldidan ulkan maqsadlar qo`yilgan. Shu vazifani amalga oshirishi uchun kurashda davom etamiz»
O`zPFL, 9-tur. 25.05.2013.
«Nasaf» – «Lokomotiv» 2:1 (1:0)
Qarshi shahri. «Markaziy» stadion. 5452 tomoshabin
Hakamlar: Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov,Ma`mur Saidqosimov, Nikolay Meshkov.
Nazoratchi: I. Nexochin.
«Nasaf»: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir Qoraev, 9. Ilhom Shomurodov, 17. Artur Gevorkyan (s), 20. Erkin Boydullaev, 23. Shohruh Gadoev (34. Farrh Sayfiev, 90), 27. Ilhom Yunusov, 28. Shuhrat Muhammadiev, 32. Hamza Karimov, 44. Azamat Allaniyazov (33. Odil Hamrobekov, 81).
Zaxiradagilar: 1. Mixail Naumov, 3. Raxmatilla Berdimurodov, 14. Laziz Ubaydullaev, 42. Najmiddin Normurodov, 77. Suhrob Ne`matov.
«Lokomotiv»: 1. Pavel Bugalo, 7. Sadriddin Abdullaev, 8. Akmal Xolmatov (16. Jasur Hasanov, 73), 10. Farhod Tojiev (9. Zayniddin Tojiev, 81), 17. Salim Mustafoev, 19. Islom Inomov, 20. Islom To`xtaxo`jaev, 22. Sherzod Sharipov, 29. Viktor Karpenko (23. Ivan Nagaev, 75), 30. Dilshod Jabborov, 77. Sanjar Tursunov.
Zaxiradagilar: 12. Temur G`aniev, 6. Dilshod Raxmatullaev, 9. Zayniddin Tojiev, 13. Rustam A`zamov, 16. Jasur Hasanov, 18. Pavel Smolyachenko, 23. Ivan Nagaev.
Gollar: Gevorkyan (5, 71)- Abdullaev (51).
Ogohlantirish: Sh. Sharipov (45) Sh. Gadoev (53), Inomov (65).