O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 11-tur o`yinlari start oldi

23.05.2013

O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 11-tur o`yinlari start oldi

22 may kuni O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 11-tur uchrashuvlari start oldi. Turni «Sherdor» va «Zomin» jamoalari o`rtasidagi o`yin ochib berdi.

509 tomoshabin guvohligida o`tgan uchrashuvda maydon egalari – samarqandlik futbolchilar 3:2 hisobida g`alaba qozonishdi.

Turning navbatdagi uchrashuvlari 23 may, payshanba kuni o`tkaziladi.

O`zbekiston Birinchiligi-2013, birinchi bosqich
«G`arb» mintaqasi, 11-tur uchrashuvi
22 may, chorshanba
«Sherdor» (Samarqand) – «Zomin» (Zomin) 3:2. 509 tomoshabin.
Hakamlar:
Sh. Bozorov (Namangan), Z. Abdurahmonov (Andijon), X. Zulunov (Andijon), S. Hakimov.
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Gollar: T. Qobilov (4), U. Nabiev (16), O. Tursunov (57) – D. Hasanov (33), F. Payziev (47).
Ogohlantirishlar: O. Tursunov (34), L. Abdullaev (34), F. Baratov (60) – D. Umarxonov (12), U. Abdullaev (22), F. Payziev (48), D. Toshmatov (74).
Chetlatishlar: F. Baratov (ikkinchi ogohlantirish, 73) – F. Payziev (ikkinchi ogohlantirish, 71).

cola
apex
mib
mib
mib
mib