Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

23.05.2013

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Oliy Liga
«Lokomotiv»ga qarshi 8-tur uchrashuvida raqibi oyog`iga jarohat etkazish maqsadida zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «So`g`diyona» yarim himoyachisi Suhrob Berdiev 2ta uchrashuvga diskfalifikatsiya qilindi.

Birinchi Liga
«Paxtakor-2»ga qarshi 9-tur uchrashuvidagi tajovuzkor hulqi uchun maydondan chetlatilgan «Bunyodkor-2» yarim himoyachisi Doston Hamdamov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Chust-Paxtakor»ga qarshi 9-tur uchrashuvida raqibi yuziga haddan tashqari kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Istiqlol» yarim himoyachisi Jamoliddin Qo`chqorov 4ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Spartak»ga qarshi 9-tur uchrashuvida bosh hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun chetlatilgan «G`allakor-Avtomobilchi» murabbiyi Anvar Almatov jarimaga tortildi.

Bu kabi holatlar takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iyroq choralar ko`riladi.

«Zomin»ga qarshi 9-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Orol» yarim himoyachisi Samat Polvonov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib