O`zbekiston Kubogi chorak finalida Birinchi Liga klubi o`ynaydi

20.05.2013

O`zbekiston Kubogi chorak finalida Birinchi Liga klubi o`ynaydi

2013 yilgi O`zbekiston Kubogining barcha chorak finalchilari nomi ma`lum bo`ldi.

E`tiborli tomoni, chorak finalchilar qatorida O`zbekiston Birinchiligidan bitta vakil – «Mash`al» ham bor. 1/16 finalda «Buxoro»ni ortda qoldirgan muborakliklar nimchorak finalda «Navbahor»ni ikki bor mag`lubiyatga uchratishdi.

Shunday qilib, 19 may kuni o`tkazilgan o`yinlar natijasiga ko`ra, «Mash`al»dan tashqari, «Qizilqum», «Lokomotiv» va «Guliston» chorak final yo`llanmalarini qo`lga kiritdi. Bungacha «Nasaf» va «Neftchi» ham keyingi bosqichga yo`l olgan edi. «Paxtakor» va «Bunyodkor» esa, OChLdagi ishtiroki sabab, chorak finalga to`g`ridan-to`g`ri yo`llanma olgan.

O`zbekiston Kubogi-2013
Nimchorak final, javob uchrashuvlari
19 may, yakshanba
«Navbahor» (Namangan) – «Mash`al» (Muborak) – 0:2. 2153 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: Z. Qo`ziboev (6, 81).
Ogohlantirishlar: T. Sultonov (25), A. Ahmedov (52) – J. Hasanov (25).
Birinchi uchrashuv – 1:2.

«Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 1:3. 132 tomoshabin.
Hakamlar:
T. To`xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), U. Karimov (Andijon), V. Serazetdinov (Toshkent).
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: S. Safarov (61) – M. Toshmatov (23), F. Shotursunov (41), N. Alimov (66).
Ogohlantirishlar: D. Husanov (32), S. Safarov (68), A. Qurbonaliev (barchasi - «Lokomotiv-BFK», 75).
Birinchi uchrashuv - 0:4.

«Lokomotiv» (Toshkent) – «Qo`qon-1912» (Qo`qon) – 2:0. 525 tomoshabin.
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), F. Hasanov (Namangan), R. G`opurov (Namangan), V. Agishev (Toshkent).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gollar: Z. Tojiev (50), I. Nagaev (81).
Ogohlantirish: I. Nagaev (52).
Birinchi uchrashuv – 2:1.

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Guliston» (Guliston) – 3:1. 4438 tomoshabin.
Hakamlar:
Sh. Qosimov (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), N. Ro`zimov (Urganch), I. Xudoydotov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: M. Mamazulunov (36), E. Gogol (64, penalti), Z. Polvonov (73) – I. Rahimov (43).
Ogohlantirishlar: S. Shoahmetov (25), E. Gogol (56) – Z. Qoraqulov (44), J. Otajonov (69).
Birinchi uchrashuv – 0:2.

cola
apex
mib
mib
mib
mib