«Istiqlol» va «Neftchi» o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi nimchorak final javob uchrashuvi 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.
Eslatib o`tamiz, har ikkala jamoa o`rtasida Farg`onada bo`lib o`tgan dastlabki o`yinda «Neftchi» 1:0 hisobida g`alaba qozongan edi.
Shunday qilib, Farg`ona jamoasi ham O`zbekiston Kubogi chorak finalining navbatdagi ishtirokchisiga aylandi.
O`zbekiston Kubogi nimchorak final javob o`yinlari 17 may kuni start olgan, shu kuni «Nasaf» safarda «Sho`rtan»ni mag`lub etib, chorak final yo`llanmasini qo`lga kiritgan edi. Bosqich doirasidagi navbatdagi o`yinlar 19 may kuni o`tkaziladi.
O`zbekiston Kubogi-2013
Nimchorak final, javob uchrashuvlari
18 may, shanba
«Istiqlol» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) 0:0. 272 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), V. Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Ogohlantirishlar: N. Sa`dullaev (9), D. Normirzaev (56), S. Shog`ulomov (77), A. Haydarov (89) – Sh. Xolmatov (72), D. Saidov (84).
Birinchi uchrashuv – 0:1.