O`zbekiston Kubogi nimchorak finalida «Sho`rtan»ni ikki marta mag`lubiyatga uchratgan «Nasaf» futbolchilari chorak final yo`llanmasi egasiga aylanishdi.
O`zbekiston Kubogi-2013
Nimchorak final, javob uchrashuvlari
17 may, juma
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Nasaf» (Qarshi) – 0:1. 3252 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gol: A. Gevorkyan (62, penalti).
Ogohlantirishlar: J. Otaqulov (12), I. Otaxonov (18), P. Leus (61) – M. Karimov (20), Z. Abdullaev (56).
Chetlatish: Z. Abdullaev (ikkinchi ogohlantirish, 78).
Birinchi uchrashuv – 0:2.