Oliy Liga: «Lokomotiv» peshqadamlikni qaytarib oldi

13.05.2013

Oliy Liga: «Lokomotiv» peshqadamlikni qaytarib oldi

 

 

Oliy Liga 8-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Turni Toshkentning «Lokomotiv» va Jizzaxning «So`g`diyona» jamoalari o`rtasidagi uchrashuv yakunlab berdi.

13 may kuni Toshkentdagi «Lokomotiv» stadionida Oliy Liga peshqadamlaridan biri – Toshkentning «Lokomotiv» va liga debyutanti – Jizzaxning «So`g`diyona» jamoalari o`rtasida 8-tur uchrashuvi bo`lib o`tdi. O`yin 3:1 hisobida maydon egalarining irodali g`alabasi bilan yakuniga etdi.

Uchrashuvda hisob 7-daqiqasida «So`g`diyona» vakili Suhrob Berdiev tomonidan ochildi. Oradan 30 daqiqa o`tar-o`tmas «temiryo`lchilar»ning O`zbekiston yoshlar terma jamoasiga nomzod futbolchilaridan biri, himoyachi Bobur Yo`ldoshevga nisbatan jiddiy qo`pollik qilganidan so`ng, Berdiev maydondan chetlatildi.

«Lokomotiv» faqatgina ikkinchi bo`limda gol urishning uddasidan chiqa oldi. Bunda jamoa hujumchisi Farhod Tojievning faolligini alohida qayd etish joiz. Futbolchi 14 daqiqa ichida xet-trikni rasmiylashtirib, «Lokomotiv»ning navbatdagi uch ochkoni qo`lga kiritishi va musobaqa jadvalida peshqadamlikni «Bunyodkor»dan qaytarib olishiga munosib hissa qo`shdi.

Oliy Liga-2013, 8-tur uchrashuvi
13 may, dushanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «So`g`diyona» (Jizzax) 3:1 (0:1). 5171 tomoshabin.
Hakamlar: 
I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), R. Kopadze (Farg`ona).
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Komissar: F. Magametov.
«Lokomotiv»: 1.Pavel Bugalo, 4.Bobur Yo`ldoshev, 7.Sadriddin Abdullaev, 10. Farhod Tojiev, 16.Jasur Hasanov (8.Akmal Xolmatov, 61), 17.Salim Mustafoev (29.Viktor Karpenko, 64), 19.Islom Inomov, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 23.Ivan Nagaev (9.Zayniddin Tojiev, 74), 30.Dilshod Jabborov, 77.Sanjar Tursunov.
Zaxirada qolganlar: 12.Temur G`aniev, 6. Dilshod Rahmatullaev, 18. Smolyachenko Pavel, 22. Sherzod Sharipov.
«So`g`diyona»: 1.Aleksandr Melenchuk, 2.Javodullo Ibrohimov (8.Botirjon Karimjonov, 63) 3.Ilhom Komilov, 6.Murod Toshmatov, 7.Rasul Hayitov, 13.Jalil Kimsanov (20.Durbek Umaraliev 71), 18.Suhrob Berdiev, 19.Siroj Hamroev (4.Asil Begimqulov, 58), 22.Orif Mamajonov, 24.Elyor Oripov, 41.Ayubxon No``monov.
Zaxirada qolganlar: 16.Shirinboy Abdullaev, 9.Xurshid Yo`ldoshev, 17.Sanjar Rashidov, 20.Durbek Umaraliev, 25. Sardor Qahhorov.
Gollar: F. Tojiev (70, 71, 84) – S. Berdiev (7).
Ogohlantirishlar: V. Karpenko (69) – I. Komilov (21), A. Melenchuk (54).
Chetlatish: S. Berdiev (38).
Eng yaxshi o`yinchilar: F. Tojiev - A. Melenchuk.

Uchrashuvdan so`ng
Hakim Fuzaylov, «Lokomotiv» katta murabbiyi:
«Biz ilk daqiqalardan hujumkor futbol namoyish etishni boshladik. Biz butun uchrashuv davomida o`yinning borishini nazorat qilib turdik, biroq so`nggi lahzada hal qiluvchi zarbani berishda aniqlik etishmadi. «Lokomotiv» «So`g`diyona»dan har jabhada ustun».

Davron Fayziev, «So`g`diyona» bosh murabbiyi: «Jamoamizdagi o`yinchilarda individual mahorat, aniqlik etishmayapti. Bugun butun o`yin havodagi uzatmalar va doimiy kurash ostida kechdi. Men o`z jamoam bilan faxrlanaman».

Xabar "Lokomotiv" FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

 

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib