Oliy Liga: «Neftchi» o`zining olti o`yinlik g`alabasiz seriyaga barham berdi

11.05.2013

Oliy Liga: «Neftchi» o`zining olti o`yinlik g`alabasiz seriyaga barham berdi

Farg`onaning «Neftchi» jamoasi mavsumning sakkizinchi o`yinida o`zining ikkinchi g`alabasini tantana qildi.

11 may kuni Farg`onaning «Neftchi» jamoasi o`z maydonida mavsumni ko`tarinki ruhda o`tkazayotgan jamoalardan biri – «Guliston»ni qabul qildi. O`yin Yuriy Sarkisyan shogirdlari ustunligida kechib, bahsda maydon egalari 4:1 hisobida g`alaba qozonishdi.

Uchrashuv davomida farg`onaliklarning gollariga Dilyorbek Ermatov, Anvar Berdiev (dubl), Iqbol Akramov mualliflik qildi. «Guliston»ning yagona goli jamoaning etakchi hujumchilaridan biri Nosirbek Otaqo`ziev hisobiga yozildi.

Bungacha farg`onaliklar faqat birinchi turda, «Dinamo»ga qarshi o`yinda 1:0 hisobida g`alaba qozonib, qolgan olti o`yinning bittasida durangga erishib, qolgan o`yinlarda imkoniyatni boy berishgan edi.

«Guliston» esa mavsumdagi uchinchi mag`lubiyatini tan olishga majbur bo`ldi.

Oliy Liga-2013, 8-tur uchrashuvi
11 may, shanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Guliston» (Guliston) 4:1 (3:1). 5868 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Mo`minov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
«Neftchi»: 21. F. Turdaliev, 3. Sh. Po`latov, 6. B. Yoqubov (15. S. Soibov, 55), 7. M. Saidov, 10. A. Berdiev (44. Sh. Nasibullaev, 65), 17. S. Mirzaev, 19. Sh. Hakimov (30. O. Zokirov, 85), 20. D. Ermatov, 22. I. Akramov, 23. S. Asqaraliev, 45. M. Nizomitdinov.
Zaxirada qolganlar: 46. X. Xo`jaev, 5. I. Boboxonov, 8. A. Alijonov, 9. O. Isroilov.
«Guliston»: 1. I. Jumanov, 2. I. Rahimov, 3. A. Sattaev, 7. R. Hasanov (10. Z. Qorako`lov, 25), 11. N. Otaqo`ziev, 15. S. Usmonxo`jaev, 18. B. Akbarov (4. J. Otajonov, 30), 23. S. Jo`raev, 25. E. Jahonov (22. T. Shamshitdinov, 66), 27. K. Boev, 28. I. Xayrov.
Zaxirada qolganlar: 24. D. Usmonov, 9. X. Yo`ldoshev, 19. R. Qodirov, 21. M. Qurbonov.
Gollar: D. Ermatov (21), A. Berdiev (33, 38), I. Akramov (90+2) – N. Otaqo`ziev (39).
Ogohlantirishlar: I. Akramov (63) – B. Akbarov (4), R. Hasanov (4), J. Otajonov (41), S. Usmonxo`jaev (63), A. Sattaev (78).

Baxtiyor Ashurmatov, «Guliston» bosh murabbiyi: «Neftchi»ga qarshi har bir jamoa qiyinchiliklarga duch keladi. Jamoamizda bir necha futbolchilar jarohati borligi bois bugun maydonga tusha olmadi».

Yuriy Sarkisyan, «Neftchi» bosh murabbiyi: «Uchrashuv oldidan futbolchilarni astoydil tayyorladim. Jamoamizda yosh futbolchilar jo`da ham ko`p. Yana bir necha mavsumdan so`ng ushbu futbolchilar «Neftchi»ni yuqori o`rinlarga olib chiqishga qodir bo`ladi. Barcha muxlislarimizga shunday qiyin kunlarda o`yingohni to`ldirib jamoamizni qo`llab-quvvatlayotganiga alohida rahmat aytmoqchiman».

Xabar «Neftchi» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib