«Dinamo»ning yangi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Samarqanddagi faoliyatini g`alaba bilan boshladi.
11 may kuni Oliy Liga 8-tur o`yinlari doirasida Samarqandning «Dinamo» jamoasi o`z maydonida «Buxoro»ni qabul qildi. 5 mingdan ortiq muxlis ko`z o`ngida o`tgan o`yin 1:0 hisobida maydon egalari g`alabasi bilan yakuniga etdi. Uchrashuvdagi yagona 90-daqiqada «Dinamo» himoyachisi Aleksandr Kletskov tomonidan penaltidan urildi.
Ushbu g`alaba «Dinamo» uchun mavsumdagi dastlabkisi bo`ldi va jamoa sakkiz uchrashuvdan so`ng ochkolari sonini 6taga etkazib oldi. «Buxoro» esa mavsumdagi beshinchi mag`lubiyatini tan olishga majbur bo`ldi.
Oliy Liga, 8-tur uchrashuvi
11 may, shanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Buxoro» (Buxoro) - 1:0 (0:0). 5150 tomoshabin.
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent viloyati), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi).
«Dinamo»: 27.Andrey Melnichuk, 6.Akmal Bozorov, 10.To`lqin Mirzaev, 13. Aleksandr Kletskov, 16.Akmal Xolmurodov, 17.Abdulla Nabiev (Firdavs Abdusalimov, 81), 18.Sirojiddin Sayfiev, 21.Azamat Bobojonov, 24.Temur Dadashev (Ahrol Risqullaev, 89), 25.Nodir Sanaqulov, 26.Komil Sharofutdinov.
Zaxirada qolganlar: 73.Oleg Gorvits, 3.Maksim Kolyadin, 5.Ahrol Risqullaev, 8.Yunus Suyunov, 11.Bobur Nasimov, 22.Firdavs Abdusalimov, 38.Georgiy Adamyan.
«Buxoro»: 30.Botir Nosirov, 2.Naoya Shibamura, 4.Devid Oniya, 7.Aleksey Nikolaev (9.Shaxzod Sulaymonov, 59), 8.Alisher Mahmudov, 10.Alisher Sanoev, 11.Otabek Valijonov (Georgi Kvesieshvili, 25), 14.Voxid Shodiev, 17.Otabek Narzullaev (5.Georgiy Kvesiashvili, 25), 21.Baxriddin Vaxobov (Alisher Azizov, 84), 24.Asqar Muxitdinov.
Zaxirada qolganlar: 20.Sardor Qobuljonov, 6.Evgeniy Kochnev, 19.Jamshid Hasanov, 23.Alisher Azizov, 44.Nodirjon Jo`raev.
Gol: A.Kletskov 90 (pen.)
Ogohlantirishlar: A.Kletskov 25, K.Sharofutdinov 41 – A.Nikolaev 21, A.Mahmudov 68, B.Nosirov 89.
Chetlatish: Komil Sharofutdinov, (90+5, ikkinchi ogohlantirish)
Tachmurod Agamurodov, «Buxoro» bosh murabbiyi: «Bugun «Dinamo»ni g`alaba bilan emas, g`alabaga bo`lgan kuchli ishtiyoqi va ko`rsatgan chiroyli o`yini bilan tabriklayman. Bugun gol urish uchun bizga nisbatan mezbonlarda ko`p imkoniyatlar yuzaga keldi va ulardan dinamochilarning foydalana olmaganligiga bizning omadimiz keldi, desak bo`ladi. Ammo, so`nggi daqiqada belgilangan 11 metrlik jarima to`pini men to`g`ri belgilandi deya olmayman. Bu mening fikrim. Ammo, «Dinamo» futbolchilarining harakatlari uchun ularni olqishlash mumkin».
Ravshan Haydarov, «Dinamo» klubi murabbiy v/b: «Avvalo, bugun jamoamizni qo`llab-quvvatlab turgan minglab muxlislarimizga rahmat. Nihoyat, yigitlarimiz ularning ishonchlarini oqlaganliklaridan xursandman. Ko`p vaziyatlar yaratdik, ammo o`yin so`ngiga qadar to`p darvozaga kirishni istamadi. Uchrashuv so`nggida esa harakatlarimiz, ishtiyoq evaziga g`alaba qozondik, deb o`ylayman. Oldinda bizni muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Ana shu bahslarga tayyorgarlikni kuchaytirib, faqat g`alaba uchun maydonga tushamiz».
Xabar "Dinamo" FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.