Oliy Liga: Kozakning yagona goli «Paxtakor»ga «Nasaf» ustidan g`alaba keltirdi

10.05.2013

Oliy Liga: Kozakning yagona goli «Paxtakor»ga «Nasaf» ustidan g`alaba keltirdi

Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida 10 may, juma kuni mamlakatning amaldagi chempioni «Paxtakor» va Qarshining «Nasaf» jamoalari o`rtasida Oliy Liga 8-tur uchrashuvi bo`lib o`tdi.

«Paxtakor» va «Nasaf» o`rtasidagi 8-turning markaizy uchrashuvi maydon egalarining 1:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi. «Paxtakor»ning yosh yarim himoyachilaridan biri Vladimir Kozak uchrashuvning 30-daqiqasida belgilangan jarima zarbasini chiroyli va aniq amalga oshirib, jamoasiga uch ochko keltirgan gol muallifiga aylandi.

Ushbu g`alabadan so`ng «Paxtakor» ochkolari soni 13taga etkazib, musobaqa jadvalida 4-o`ringa ko`tarilib oldi va 3-o`rindagi «Nasaf»dan bir ochkoga ortda qolmoqda. «Paxtakor» «Nasaf»ga nisbatan bitta kam o`yin o`tkazgan. 11 may kuni o`tkaziladigan o`yinlar natijalari bo`yicha Bekobodning «Metallurg» va Gulistonning «Guliston» jamoalari «Paxtakor»dan o`zib ketishi mumkin.

9-turda «Paxtakor» «Qizilqum» mehmoni bo`ladi, «Nasaf» esa o`z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qiladi. Qarshidagi o`yin 25 may, shanba kuni o`tkazilsa, Zarafshondagi bahs 27 may, dushanba kuniga belgilangan.

8-tur uchrashuvlari 9 may kuni «Navbahor» – «Bunyodkor» o`yini bilan start olgan edi. Turning navbatdagi o`yinlari 11 va 13 may kunlari o`tkaziladi.

«Paxtakor» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:0. 5215 zriteley.
Hakamlar:
M. Ismoilov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), A. Bukatin (Toshkent), V. Serazetdinov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Komissar: F. Magametov.
«Paxtakor»: 12. Aleksandr Lobanov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 4. Boyan Miladinovich (sardor), 5. Akbar Ismatullaev, 24. Davron Hoshimov, 7. Kaxi Maxaradze, 29. Vladimir Kozak, 15. Jamshid Iskanderov, 34. Oybek Qilichev (9. Temurxo`ja Abduxoliqov, 75), 22. Abdul Aziz Yusupov (38. Abbos Maxsitaliev, 65), 19. Igor Sergeev (3. G`ulom O`runov, 89).
Zaxirada qolganlar: 1. Nikita Ribkin, 6. Murod Xolmuhammedov, 8. Sergey Rekun, 45. Maksimilian Fomin.
«Nasaf»: 25. Eldor Suyunov, 5. Botir Qoraev, 32. Hamza Karimov, 4. Maqsud Karimov, 33. Odil Hamrobekov (23. Sherzod A`zamov, 78), 20. Erkin Boydullaev, 41. Azamat Olloniyozov, 27. Ilhom Yunusov, 22. Shohruh Gadoev (77. Suhrob Ne`matov, 85), 17. Artur Gevorkyan (sardor), 9. Ilhom Shomurodov (15. Zohid Abdullaev, 72).
Zaxirada qolganlar: 1. Mixail Naumov, 3. Rahmatillo Berdimurodov, 8. Mirzakamol Kamolov, 19. Eldor Boymatov.
Gol: V. Kozak (32).
Ogohlantirishlar: A. Merzlyakov (18), A. Maxstaliev (ikkisi ham - «Paxtakor», 77).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Kozak – A. Gevorkyan.

Uchrashuvdan so`ng
Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi:
«Bugun juda qiyin uchrashuvni o`tkazdik va muhim g`alabaga erishdik. Shogirdlarimni kuchli raqib ustidan qo`lga kiritilgan yutuq bilan tabrikladim. Birinchi bo`limni unchalik yaxshi boshlay olmadik. Bunday holatga avvalgi uchrashuvlarda ham duch kelgandik. 25-daqiqalardan keyin o`yinimiz yaxshilandi. Ikkinchi bo`limda esa tashabbus «Nasaf» tomonida bo`lganini tan olaman. Ularda imkoniyatlar yuzaga keldi, lekin Lobanov bugun bexato harakat qildi. Biz esa qarshi hujumlarda vaziyat yuzaga kelishini kutdik. Biroq aniq o`ynash nasib qilmadi. Tanaffusdan keyin jismoniy holat va to`pni nazorat qilishda mehmonlar ustunlik qilishdi. Bosimning kattaligi ham futbolchilarga erkin o`ynashga imkoniyat bermadi».

Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» bosh murabbiyi: «Bugun juda alamli mag`lubiyatga uchradik. Chunki raqibdan yaxshiroq o`ynagan holda imkoniyatni boy berdik. «Paxtakor»ga qaraganda ko`proq xavfli vaziyatlarni sodir etdik. Biroq ulardan foydalana olmadik. Mezbonlar esa standartdan unumli foydalanib, uch ochkoni qo`lga kiritishdi. O`sha holatda Kozakning mahoratini alohida ta`kidlagan bo`lardim. U juda ajoyib zarba yo`lladi. Darvozabonni bu golda ayblay olmayman».

Xabar «Paxtakor» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib