Oliy Liga, 7-tur: «Metallurg» o`z o`rnini «Nasaf»ga bo`shatdi

04.05.2013

Oliy Liga, 7-tur: «Metallurg» o`z o`rnini «Nasaf»ga bo`shatdi

Sovrinli o`rinlar uchun da`vogar hisoblangan Qarshining «Nasaf» jamoasi mavsumning kutilmagan jamoalaridan biri – Bekoboodning «Metallurg» klubini o`z maydonida 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

4 may, shanba kuni Qarshida o`tkazilgan o`yinda «Nasaf» uchrashuvning 1-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Birinchi bo`lim yakunlanishiga 10 daqiqadan kamroq vaqt qolganida, ikki daqiqa oralig`ida Ilhom Yunusov va Shohruh Gadoev tomonidan urilgan ketma-ket ikki gol esa maydon egalari g`alabasini amalda hal qilib qo`ydi. Taym oxirida «Metallurg»ning to`purar hujumchisi Shahzod Nurmatov tomonidan urilgan gol faqatgina hisobni qisqartirdi, xolos.

Ushbu g`alabadan so`ng «Metallurg» musobaqa jadvalidagi 3-o`rinni «Nasaf»ga bo`shatib berib, 4-o`ringa tushdi.

8-turda qarshilik futbolchilar Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo`lishadi. O`yin 10 may, juma kuni o`tkaziladi. Bir kun keyin, 11 may kuni, «Metallurg» o`z maydonida mavsumni nisbatan bo`sh o`tkazayotgan jamoalardan biri – «Qizilqum»ni qabul qiladi.

«Nasaf» (Qarshi) – «Metallurg» (Bekobod) - 3:1 (3:1)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), S. Ivlev (Navoiy).
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Komissar: N. Lutfullin.
«Nasaf»: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir Qoraev, 9. Ilhom Shomurodov, 17. Artur Gevorkyan (8. Mirzakamol Kamolov, 88), 20. Erkin Boydullaev, 22. Shohruh Gadoev (23. Sherzod A`zamov, 78), 27. Ilhom Yunusov, 28. Shuhrat Muhammadiev, 33. Odil Hamrobekov, 41. Azamat Allaniyazov (77. Suhrob Ne`matov, 54).
Zaxirada qolganlar: 1. Mixail Naumov, 3. Rahmatilla Berdimurodov, 15. Zohid Abdullaev, 32. Hamza Karimov.
«Metallurg»: 32. Suhrobjon Sultonov, 4. Hikmat Hoshimov (s), 6. Dilmurod Karimov, 7. Doniyor Odilov, 8. Sunnat Mamadaliev (11. Sh.Yo`ldoshev, 58), 9. Shahzodbek Nurmatov (23.Mirto`ra Akbarov, 66, 13. Aleksandr Kovalyov, 14. Davronbek Karimqulov, 19. Ruslan Vagapov, 20. Mirg`iyos Sulaymonov (5. Ulug`bek Tojimov, 70), 21. Sardor Rasulov.
Zaxirada qolganlar: 31. Rahimjon Rahmonberdiev, 2. Odil Isaboev, 3. Saidkomil Akbarov, 10. Shohnazar Norbekov.
Gollar: A. Allaniyozov (1), I. Yunusov (36), Sh. Gadoev (38) – Sh. Nurmatov (45).
Ogohlantirish: S. Mamadaliev («Metallurg»).
Eng yaxshi o`yinchilar: Sh. Gadoev – R. Vagapov.

Uchrashuvdan so`ng
Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» bosh murabbiyi:
«O`yin kutilganidek qiyin kechdi. «Metallurg» futbolchilari bejizga turnir jadvalida 3-pog`onada bormayotganliklarini isbotlashdi. Birinchi bo`limdayoq biz o`zimiz uchun kerakli natijaga erishdik va amalda o`yin taqdirini hal etib bo`lgandik. Shu bois ikkinchi bo`limda asosiy e`tiborni himoyaga qaratishga majbur bo`ldik. Eng muhimi – bugungi o`yinda 3 ochkoni qo`lga kiritdik».

Rustam Mirsodiqov, «Metallurg» bosh murabbiyi: «Bellashuv boshidayoq gol o`tkazmaganimizda boshqacha o`yin bo`lardi. Bu qarshiliklar uchun ham o`ta muhim o`yin edi va ular haqli g`alabaga erishishdi».

Xabar «Nasaf» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib