Oliy Liga, 7-tur: Olmaliqda gollar shousi

04.05.2013

Oliy Liga, 7-tur: Olmaliqda gollar shousi

 

Turning eng qiziqarli va gollarga boy uchrashuvi «Olmaliq hamda «Navbahor» jamoalari o`rtasida kechdi. «Olmaliq»ning uy stadioniga tashrif buyurgan futbol ishqibozlari shu kuni umumiy hisobda darvozalarga kiritilgan 7ta gol guvohiga aylanishdi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Shahboz Erkinov qanotdan etkazilgan to`pni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo`ydi va mezbonlarni oldinga olib chiqdi. O`yinning 28-daqiqasida uchrashuv qaxramonlaridan biri Akrom Bahriddinov chamasi 20 metrlardan kuchli zarba yo`llab «Olmaliq» darvozasini ishg`ol etdi - 1:1. Jamoalar tanaffusga aynan shunday hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo`limda stadionga tashrif buyurgan muxlislar ikki jamoaning ochiq va o`ta hujumkor o`yini guvohiga aylanishdi. Avvaliga, ikkinchi bo`lim boshida maydonga tushirilgan Diyor Turopov 52-daqiqada mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan ikki daqiqa o`tib esa, Akrom Bahriddinov «Olmaliq» darvozasiga uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritib hisobni tenglashtiradi. Maydon egalari shundan so`ng hujumga zo`r berishdi va ikki bor raqibning qarshi hujumini o`tkazib yubordi. «Navbahor» hujumchisi Ro`zimboy Ahmedov ikkinchii bo`limning 67 va 70 daqiqalarida ikki bora Shomurodov qo`riqlayotgan darvozani nishonga oldi va hisob 2:4 ko`rinishiga keldi. O`yinning 81-daqiqasida jamoasi hujumiga yordamga etib kelgan «Olmaliq» himoyachisi Evgeniy Gogol hisobni bittaga qisqartiradi. Mezbonlar hisobni tenglashtirishga harchand urinishmasin, qolgan daqiqalarda buning uddasidan chiqa olishmadi. Yakuniy hisob - 3:4.

O`yindan keyingi bosh murabbiylar fikrlari :

Igor Shkvirin: «Uchrashuvda mag`lubiyatga uchrash alamli albatta. Ammo bu futbol yutuq va mag`lubiyat hamisha yonma-yon yuradi. Odatda mag`lubiyatga sabab qidirishni xush ko`rmayman. Bu o`yinda Timur Kagirov va Igor Petkovichning yo`qligi ham ta`sir qilmay qolmadi. Ularda jarohat borligi sabab bugun o`yinda qatnasha olmadi. Buyog`iga kamchiliklar ustida ishlab navbatdagi o`yinga hozirlik ko`ramiz».

Mustafo Bayramov: «O`yin qiziqarli va kurashlarga boy bo`ldi. Har bir o`yinga so`nggi uchrashuvda maydonga tushgandek harakat qilamiz. Bugungi o`yin uchun barchaga rahmat. Futbolchilarning barchasiga rahmat. Bugun ular oxirigacha jangovor o`yin ko`rsatishdi. Namangandan bizni qo`llash uchun kelgan barchaga – jamoa homiylariga, ishqibozlarga katta rahmat. “Olmaliq” kuchli jamoa, albatta. Jamoa ustozi Igor Anatolevichni yubileyi bilan tabriklaymiz».

Oliy Liga, 7-tur. 4 may. (Shanba)

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Navbahor» (Namangan) - 3:4 (1:1)
Gollar: Sh. Erkinov (6), D. Turopov (52), E. Gogol (82) - A. Bahriddinov (28, 54), R. Ahmedov (67, 70)
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston).
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
Ogohlantirishlar: Evgeniy Gogol (50), Diyorjon Turopov (90+4) – Kahramon Maxamadjonov (18), Sohib Abdullaev (78)
«Metallurg» stadioni: 4 251 tomoshabin.

«Olmaliq»: 1.Maqsatmurot Shamuradov, 5.Evgeniy Gogol, 6.Akmal Rustamov, 7.Doston Abdurahmonov, 9.Zafar Polvonov, 11.Zohir Pirimov, 18.Samandar Shodmonov (10. Mo`ydin Mamazulumov, 63), 20.Darko Stanoevich, 22.Sanjar Shoaxmedov (14.Isroiljon Ergashev, 81), 23. Sherali Jo`raev (24.Diyorjon Turopov, 46)

Zahirada qolganlar: (16.Umidjon Honimqulov, 3.Azamat Isroilov, 15.Bahrom Yo`ldoshev, 19.Ma`rufxon Murodov).

«Navbahor»: 16. Denis Romanenko, 4. Abdumajid Toirov, 6. Leonid Koshelev (8. Azimjon Ahmedov, 85), 9. Ilxom Boydadaev, 10. Akromjon Bahriddinov (7. Abduaziz Sultonov, 90), 13. Timur Sultonov, 20. G`ayrat Jo`raev, 22. Ro`zimboy Axmedov, 26. Qaxramon Maxamadjonov, 30. Sobir Hamidov (17. Soxib Abdullaev, 56), 32. Jaxongir Mexmonov.

Zahirada qolganlar: (1. Viktor Mochalov, 3. Botirbek To`raboev, 15. Vitaliy Pochuev, 21. A`zamjon Aliev). 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib