Oliy Liga 7-turida «Qizilqum»ning olti o`yindan iborat mag`lubiyatli seriyasi yakuniga etdi.
Zarafshonliklar Oliy Liga 7-turida o`z maydonida Farg`onaning «Neftchi» jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida g`alaba qozondi. Xuddi shu hisob «Nasaf» – «Metallurg» o`yinida ham qayd etildi.
«Guliston» o`z maydonida «Sho`rtan»ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Olmaliqda esa turning eng sermahsul natijasi qayd etildi – «Olmaliq» jamoasi o`z maydonida «Navbahor»ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o`tamiz, Oliy Liga 7-tur uchrashuvlari 3 may kuni start olgan edi. Tur 5 may kuni o`tkaziladigan «So`g`diyona» – «Paxtakor» va «Bunyodkor» – «Buxoro» o`yinlari bilan yakuniga etadi.
Oliy Liga, 7-tur uchrashuvlari
4 may, shanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Metallurg» (Bekobod) – 3:1. 5821 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), S. Ivlev (Navoiy).
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Komissar: N. Lutfulin.
Gollar: A. Allaniyozov (1), I. Yunusov (36), Sh. Gadoev (38) – Sh. Nurmatov (45).
Ogohlantirish: S. Mamadaliev («Metallurg», 56).
Eng yaxshi o`yinchilar: Sh. Gadoev – R. Vagapov.
«Qizilqum» (Zarafshan) – «Neftchi» (Farg`ona) – 3:1. 3245 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), N. Ro`zimov (Toshkent), I. Ibrohimov (Nukus).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Komissar: A. Frolov.
Gollar: Ya. Manzukas (25, 66), F. Qambarov (90) – Sh. Hakimov (4).
Ogohlantirishlar: T. Vasilev (13), Ya. Manzukas (45), F. Haydarov (55) – Sh. Hakimov (22), M. Nizomitdinov (80).
Eng yaxshi o`yinchilar: Ya. Manzukas – X. Xo`jaev.
«Guliston» (Guliston) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 2:1. 8751 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), F. Hasanov (Namanagan), R. G`opurov (Namangan), R. Toshmuhamedov (Nukus).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Komissar: R. Chernikov.
Gollar: R. Hasanov (28), B. Akbarov (38) – O. Jo`raboev (82).
Ogohlantirishlar: P. Solomin (43), B. Kodirqulov (ikkisi ham - «Sho`rtan», 68).
Eng yaxshi o`yinchilar: R. Hasanov – A. Aliqulov.
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Navbahor» (Namangan) – 3:4. 4251 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston).
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
Komissar: V. Lyotkin.
Gollar: Sh. Erkinov (6), D. Turopov (52), E. Gogol (81) – A. Bahritdinov (28, 54), R. Ahmedov (67, 70).
Ogohlantirishlar: E. Gogol (50), D. Turopov (90+4) – K. Muhammadjonov (18), S. Abdullaev (78).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Turopov – A. Bahritdinov.