Oliy Liga, 7-tur: Peshqadam irodali g`alabaga erishdi

03.05.2013

Oliy Liga, 7-tur: Peshqadam irodali g`alabaga erishdi

3 may, juma kuni Oliy Liga 7-tur uchrashuvlari start oldi. Turni Toshkentning «Lokomotiv» va Samarqandning «Dinamo» jamoalari o`rtasidagi o`yin ochib berdi.

Uchrashuvda hisob 16-daqiqada samarqandlik futbolchilar tomonidan ochildi. Vladimir Kilikevichning burchakdan uzatdan pasini To`lqin Mirzaev boshi bilan «Lokomotiv» darvozasining uzoq burchagiga joylab qo`ydi. Qayd etish joiz, ushbu gol samarqandliklar uchun mavsumdagi dastlabki gol bo`ldi.

Biroq, keyingi daqiqalarda «Lokomotiv» tashabbusni to`la o`z tomoniga og`dirib, maydondagi ustunlikni hisobda ham aks ettira oldi. Jumladan, hujumchi Farhod Tojiev o`yin davomida dublni rasmiylashtirgan bo`lsa, zaxiradan maydonga tushgan Ivan Nagaevning 82-daqiqadagi aniq zarbasi «Lokomotiv»ning mavsumdagi oltinchi g`alabasini mustahkamlashga xizmat qildi.

Shunday qilib, ushbu g`alabadan so`ng musobaqa peshqadami hisoblangan «Lokomotiv» ochkolari sonini 19ta etkazib oldi.

Tur doirasidagi navbatdagi o`yinlar 4-5 may kunlari o`tkaziladi.

Oliy Liga-2013, 7-tur uchrashuvi
3 may, juma
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand) 3:1 (1:1). 5 375 tomoshabin.
Hakamlar:
T. To`xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), U. Karimov (Andijon), A. Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
«Lokomotiv»: 1.Pavel Bugalo, 4.Boburbek Yo`ldoshev, 7.Sadriddin Abdullaev, 8.Akmal Xolmatov (77.Sanjar Tursunov, 68), 10.Farhod Tojiev (9.Zayniddin Tojiev, 83), 16.Jasur Hasanov (23.Ivan Nagaev, 60), 17.Salim Mustafoev, 19.Islom Inomov, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 29.Viktor Karpenko, 30.Dilshod Jabborov.
Zaxirada qolganlar: 12.Temur G`aniev, 6. Dilshod Rahmatullaev, 11.Aleksandr Shadrin, 22. Sherzod Sharipov.
«Dinamo»: 27.Andrey Melnichuk (1.Igor Mixaylov, 42), 6.Akmal Bozorov, 9.Vladimir Kilikevich, 10.To`lqin Mirzaev, 13. Aleksandr Kletskov, 16.Akmal Xolmurodov, 18.Sirojiddin Sayfiev, 21.Azamat Bobojonov (Komil Sharafutdinov, 46), 22.Firdavs Abdusalomov (11.Bobur Nasimov, 71), 24.Temur Dadashev, 25.Nodir Sanaqulov.
Zaxirada qolganlar: 32. Sultonov Suhrobjon, 2. Odil Isaboev, 5. Umidbek Tojimov, 11.Shuhrat Yo`ldoshev, 23.Mirto`ra Akbarov.
Gollar: F. Tojiev (21, 65), I. Nagaev (82) – T. Mirzaev (15).

Uchrashuvdan so`ng
Hakim Fuzaylov, «Lokomotiv» katta murabbiyi:
«O`yin davomida biz tashabbusni o`z qo`limizda saqlab turdik, biroq yakunlovchi zarbani berishda aniqlik etishmadi. Bugun biz yanada yirikroq hisobda g`alaba qozonishimiz ham mumkin edi».

Kamo Gazarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «Bugungi raqibimiz tarkibi juda yaxshi ta`minlangan, mahoratli ijrochilardan tarkib topgan. Gol uchun, baxtga qarshi, ochko berilmaydi. Biz bundan keyin ham mahalliy yosh o`yinchilarga imkon berishda davom etamiz».

cola
apex
mib
mib
mib
mib