O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 7-turidan o`rin olgan eng birinchi o`yin 30 aprel, seshanba kuni Qibrayda bo`lib o`tdi va unda «Paxtakor-2» va «NBU-Osiyo» jamoalari o`zaro maydonga tushishdi.
Bahs taqdirini o`yin yakunlanishiga besh daqiqa qolganida mehmonlar hujumchisi Konstantin Petrov tomonidan urilgan yagona gol hal qildi.
Tur doirasidagi navbatdagi o`yinlar 1-2 may kunlari o`tkaziladi.
O`zbekiston Birinchiligi, birinchi bosqich
«Sharq» mintaqasi, 7-tur uchrashuvi
30 aprel, seshanba
«Paxtakor-2» (Toshkent) – «NBU-Aziya» (Toshkent) – 0:1. 154 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Hakimov (Andijon), A. Po`latov (Toshkent), F. Yormuhamedov (Toshkent), I. Xudoydotov.
nazoratchi: R. Davletmurotov (Toshkent).
Gol: K. Petrov (40).
Ogohlantirish: J. Hakimov (72), J. Sohibov (89) – H. G`ofurov (34), V. Mageramov (54), A. Abduqodirov (71).