28 aprel kuni O`zbekiston Kubogi nimchorak final dastlabki o`yinlari doirasida yana bir o`yin o`tkazildi. Unda Qarshining «Nasaf» jamoasi o`z maydonida G`uzorning «Sho`rtan» jamoasini 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Bosqich doirasidagi dastlabki beshta o`yin 27 aprel kuni o`tkazilgan edi.
O`zbekiston Kubogi-2013,
Nimchorak final, dastlabki uchrashuv
28 aprel, yakshanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Sho`rtan» (G`uzor) 2:0 (1:0). 1717 tomoshabin.
Hakamlar: S. Zaylobiddinov (Farg`ona), V. Lushin (Guliston), H. Shodmonov (Buxoro), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi).
Nazoratchi: R. Ishmurzin (Toshkent).
Gollar: A. Allaniyozov (24), Sh. Gadoev (50).
Ogohlantirishlar: O. Hamrobekov (53) – A. Fomenko (15), Sh. Jumaboev (78).