O`zbekiston Professional futbol ligasida viloyat futbol federatsiyalari birinchi vitse-prezidentlari va Oliy Liga hamda O`zbekiston Birinchiligi klublari huzuridagi futbol maktablari direktorlari ishtirokida majlis bo`lib o`tdi.
Majlisda Oliy Liga va O`zbekiston Birinchiligi klublari futbol maktablari o`rtasida 2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi bahslarini o`tkazish masalalari muhokama qilindi.
Bu yilgi musobaqalarda katta (1997-1998 yillarda tug`ilganlar) va kichik (1999-2000 yillarda tug`ilganlar) yosh toifasidagi futbolchilari ishtirok etishadi.
2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi bahslari ikki bosqichdan iborat bo`ladi.