G`uzorning «Sho`rtan» jamoasi 20 aprel kuni Oliy Liga 6-tur uchrashuvlari doirasida musobaqa autsayderi – Zarafshonning «Qizilqum» jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida g`alaba qozondi.
Uchrashuvda hisob ikkinchi bo`limda ochildi, g`uzorliklarning litvalik hujumchisi Arturas Fomenko tomonidan ochildi. Birinchi goldan 13 daqiqa o`tib, aniqrog`i, 85-daqiqada, Pavel Solominning qanotdan etkazib bergan to`pini Fomenko bosh bilan «Qizilqum» darvozasiga to`g`rilab qo`yib, dublni rasmiylashtirdi.
2:0 hisobi o`yin oxirigacha o`zgarmaydi. «Sho`rtan» ochkolari sonini 6taga etkazib olgan bo`lsa, «Qizilqum» hali ham biror ochkoni qo`lga kiritish uddasidan chiqa olgani yo`q.
7-turda «Sho`rtan» «Guliston» mehmoni bo`ladi, «Qizilqum» esa o`z maydonida «Neftchi»ni qabul qiladi. Har ikkala o`yin ham 4 may, shanba kuni o`tkazilishi belgilab qo`yilgan.
Oliy Liga, 6-tur uchrashuvi
20 aprel, shanba
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Qizilqum» (Zarafshon) 2:0 (0:0).
Gollar: A. Fomenko (72, 85).