Oliy Liga, 6-tur: «Navbahor» o`z maydonidagi ilk g`alabani qo`lga kiritdi

20.04.2013

Oliy Liga, 6-tur: «Navbahor» o`z maydonidagi ilk g`alabani qo`lga kiritdi

«Navbahor» 2013 yilgi mavsum hisobidan birinchi marta o`zi mezbonlik qilgan uchrashuvda g`alaba qozondi. 20 aprel kuni Oliy Liga 6-tur o`yinlari doirasidagi «Guliston»ga qarshi o`yinda Mustafo Bayramov shogirdlari 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi.

6-tur uchrashuvlari arafasida «Guliston» Oliy Liga bahslarida eng kam gol o`tkazgan jamoa bo`lib turgandi. Biroq Kosonsoydagi o`yindan so`ng Baxtiyor Ashurmatov jamoasining to`plar nibatidagi farqi salbiy ko`rinish oldi. Aksincha, dastlabki 5ta uchrashuvda raqib darvozasini atigi uch bor ishg`ol qilgan namanganliklar himoyasi nisbatan kuchli deb ta`riflangan «Guliston00BB darvozasini uch bor ishg`ol qilishdi.

Uchrashuvda hisob birinchi bo`limda, yosh yarim himoyachi Akram Bahriddinovning aniq zarbasidan so`ng ochildi. Ikkinchi bo`lim boshida esa hujumchi Ro`zimboy Ahmedov o`zini ko`rsatgan bo`lsa, ikkinchi taym o`rtalarida faxriy yarim himoyachilardan biri – Leonid Koshelev o`z nomini o`yin qaydnomasiga yozdirib qo`ydi.

Ushbu g`alabadan so`ng «Navbahor» ochkolari sonini 7taga etkazib oldi. Ayni vaqtda 8-o`rinni egallab turgan «Guliston» hisobida esa 8 ochko bor.

Oliy Liga 7- turida «Guliston» o`z maydonida «Sho`rtan»ni qabul qiladi, «Navbahor» esa «Olmaliq» mehmoni bo`ladi. Har ikkala o`yin 4 may, shanba kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga-2013, 6-tur uchrashuvi
«Navbahor» (Namangan) – «Guliston» (Guliston) 3:0 (1:0). 3562 tomoshabin.
Hakamlar:
Sulton Zaylobiddinov, Xolmat Mirzaahmedov, Andrey Snetkov, Timur To`xtasinov.
«Navbahor»: 16. Denis Romanenko, 4. Abdumajit Toirov (S), 6. Leonid Koshelev (8. Azim Ahmedov, 82), 9. Ilhom Boydedaev (17. Sohib Abdullaev, 74), 10. Akram Bahriddinov, 13. Timur Sultanov, 20. G`ayrat Jo`raev, 22. Ro`zimbay Ahmedov, 26. Qahramon Mahammadjonov, 30. Sobir Hamidov (7. Abduaziz Sultanov, 64), 32. Jahongir Mehmonov.
Zaxirada qolganlar: 1. Viktor Mochalov, 3. Botir To`raboev, 15. Vitaliy Pochuev, 21. A`zam Aliev.
«Guliston»: 24. Doniyor Usmonov, 2. Ibrohim Rahimov, 3. Akbar Sattaev, 7. Rabbim Hasanov, 9. Xurshid Yo`ldoshev (S) (10. Zafar Qoraqulov, 52), 11. Nosir Otaqo`ziev, 15. Sobir Usmonxo`jaev (17. Alisher Shog`ulomov, 32), 18. Bobur Akbarov, 23. Sarvar Jo`raev, 25. Elyor Jahonov (19. Rustam Qodirov, 62), 28. Ilyos Hayrov.
Zaxirada qolganlar: 16. Xislat Chilmatov, 20. Alisher Ergashev, 21. Mirjalol Qurbonov, 27. Konstantin Boev.
Gollar: A.Bahriddinov (19), R.Ahmedov (49), L.Koshelev (59),
Ogohlantirishlar: S.Abdullaev (86) – R.Hasanov (74), B.Akbarov (85).

Uchrashuvdan so`ng
Mustafa Bayramov:
«Zarafshondagi g`alabadan keyin Guliston bilan o`yinda ham faqat g`alabani ko`zlagandik. Garchi safarda uch ochko qo`lga kiritilgan bo`lsa-da, juda qiyin o`yin o`tgandi. Shaharlar orasidagi masofani uzoqligiga ham futbolchilarimiz biroz bo`lsa-da toliqib qolishgandi. Shunga qaramay, bugun g`alaba uchun qo`llaridan kelganicha harakat qilib, muxlislarni xursand qilishni uddasidan chiqishdi. Kelgusi o`yinlarda ham g`alabalar bilan ishqibozlarimizni mamnun qilamiz. Bugungi uchrashuvda barcha futbolchilar o`zlarini ko`rsatishdi. Shu sababli ularga rahmat aytaman. Bahs davomida raqibga nisbatan kuchliroq harakat qilganimiz uchun haqli ravishda uch ochkoni qo`lga kiritdik deb o`ylayman».

Baxtiyor Ashurmatov: «Birinchi navbatda qo`lga kiritilgan g`alaba bilan «Navbahor» futbolchilari va muxlislarini tabriklayman. Uchrashuvni qiyin kechishini bilardik. Namanganliklarning o`yin uslubi «Lokomotiv» a`zolaridan so`raganimda, ular kuchli o`yin ko`rsatishini aytib o`tishgandi. Bu haqda futbolchilarga tushuntirgandim. O`yin xususida nima ham deyishim mumkin. «Navbahor» shogirdlarimga qaraganda mazmunliroq va kuchli o`yin ko`rsatdi. Shu sababli uch ochkoni qo`lga kiritdi. Balki biz «Navbahor»ning kuchli tomonlarini to`g`ri talqin qila olmagandirmiz. Mag`lubiyatda o`zimni aybdor deb bilaman. Kelgusida xatolarimizni bartaraf etish ustida ish olib boramiz».

Xabar «Navbahor» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib