Oliy Liga, 6-tur: «Olmaliq» so`nggi daqiqalarda «Buxoro»ga mag`lub bo`ldi

20.04.2013

Oliy Liga, 6-tur: «Olmaliq» so`nggi daqiqalarda «Buxoro»ga mag`lub bo`ldi

Oliy Liga 6-tur uchrashuvlari doirasida «Olmaliq» Vobkentda «Buxoro» mehmoni bo`ldi. O`yin 1:0 hisobida maydon egalari g`alabasi bilan yakuniga etdi.

Oliy Liga dastlabki besh tur yakunlariga ko`ra, «Olmaliq» hali mag`lubiyatga uchramagan, qo`shimchasiga, 5-turda o`z maydonida chempionlikka asosiy da`vogarlardan biri, Toshkentning «Bunyodkor» jamoasini 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchratgan edi. «Buxoro» esa, rasman maydon egasi sifatida to`p surgan o`yinlarida hali imkoniyatni boy bermagan edi.

Bu safar ham omad maydon egasi sifatida to`p surgan «Buxoro»ga kulib boqdi. «Olmaliq»ga qarshi o`yinnig 90-daqiqasida hujumchi Vohid Shodiev tomonidan urilgan gol Tachmurad Agamuradov shogirdlariga navbatdagi muhim uch ochkoni keltirdi. Shunday qilib, «Buxoro» ochkolari sonini «Olmaliq»nikiga tenglashtirib olib, musobaqa jadvalida Igor Shkvirin jamoasidan keyingi – 7-o`ringa ko`tarilib oldi.

Igor Shkvirin shogirdlari Buxorodagi mag`lubiyat alamini 4 may, shanba kuni, 7-tur doirasida «Navbahor»ga qarshi o`yinda olishga harakat qilib ko`rishadi. «Buxoro» esa, bir kun o`tib, Toshkentda «Bunyodkor» sinovidan o`tadi.

Oliy Liga, 6-tur uchrashuvlari
20 aprel, shanba
«Buxoro» (Buxoro) – «Olmaliq» (Olmaliq) 1:0 (0:0).
Gol:
V. Shodiev (89).

cola
apex
mib
mib
mib
mib