«Paxtakor» markaziy stadionida 19 aprel, juma kuni Oliy Liga 6-turidagi markaziy uchrashuv – «Paxtakor» va «Lokomotiv» jamoalari o`rtasidagi Toshkent derbisi bo`lib o`tdi.
Teng kurashlar va asabiy ruhda o`tgan o`yinda omad «temiryo`lchilar»ga kulib boqdi. «Paxtakor» uchrashuvning 24-daqiqasida, jamoa markaziy yarim himoyachisi Kaxi Maxaradzening goli evaziga hisobni ochganiga qaramay, hisobdagi ustunlikni uzoq vaqt saqlab qola olmadi.
Maxaradzening golidan to`rt daqiqa o`tar-o`tmas «Lokomotiv»ning etakchi yarim himoyachilaridan biri Akmal Xolmatov hisobni tenglashtirgan bo`lsa, tanaffusga 12 daqiqa qolganida «Bunyodkor»dan «Lokomotiv»ga o`tgan Viktor Karpenko «temiryo`lchilar»ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Karpenkoning goli o`yinda so`nggisi bo`lib qoldi va «Lokomotiv» «Paxtakor»ga qarshi o`yinlari tarixida ilk bor g`alaba qozonishga muvaffaq bo`ldi. Bungacha o`tkazilgan 16 uchrashuvning faqat to`rttasida durang qayd etilib, qolgan 12 uchrashuvda «Paxtakor» g`alaba qozongan, jumladan, o`zaro uchrashuvlar tarixida «Lokomotiv»ning 1:5, 1:6, 1:7 hisobidagi mag`lubiyatlari ham qayd etilgan edi.
Oliy Liga 6-tur uchrashuvlari 18 aprel kuni start olgan edi. Turning qolgan beshta o`yini 20 aprel, shanba kuni o`tkaziladi.
Oliy Liga-2013, 6-tur uchrashuvi
19 aprel, juma
«Paxtakor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent) 1:2 (1:2). 8535 tomoshabin.
Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, Z.Qodirov.
Nazoratchi: A.Abdullaev.
Komissar: F. Magametov.
«Paxtakor»: 12. Aleksandr Lobanov, 27. Ilhom Suyunov (19. Igor Sergeev, 72), 29. Vladimir Kozak, 21. Ildar Mamatkazin (5. Akbar Ismatullaev, 39), 24. Davron Hoshimov, 7. Kaxi Maxaradze, 3. G`ulom O`runov, 15. Jamshid Iskanderov, 34. Oybek Qilichev (10. Jora Oganesyan, 50), 23. Aleksandr Merzlyakov, 9. Temurxo`ja Abduxoliqov.
Zaxirada qolganlar: 1. Nikita Ribkin. 6. Murod Xolmuhammedov. 17. Aram Babayan. 18. San`at Shixov.
«Lokomotiv»: 1. Pavel Bugalo, 17. Salim Mustafoev, 20. Islom To`xtaxo`jaev, 4. Bobur Yo`ldoshev, 19. Islom Inomov, 30. Dilshod Jabborov, 29. Viktor Karpenko (23. Ivan Nagaev, 79), 8. Akmal Xolmatov, 16. Jasur Hasanov (77. Sanjar Tursunov, 76), 7. Sadriddin Abdullaev (6. Dilshod Rahmatullaev, 72), 10. Farhod Tojiev.
Zaxirada qolganlar: 12. Temur G`aniev. 9. Zayniddin Tojiev. 11. Aleksandr Shadrin. 22. Sherzod Sharipov.
Gollar: K. Maxaradze (24) – A. Xolmatov (28), Karpenko (32).
Ogohlantirishlar: O. Qilichev (19), K. Maxaradze (85) – D. Jabborov (12), I. To`xtaxo`jaev (37).
O`yindan so`ng
Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi: «Avvalo, raqiblarni g`alaba bilan tabriklayman. Bugun biz imkon qadar yaxshi o`ynashga intildik va ikkinchi bo`limda yaqqol tashabbusga ega bo`ldik. Biroq urinishlarimiz samarali tugatmadik. Natijada mag`lubiyatga uchradik. Bu futbol, unda bir kun o`yining foydali, boshqasida esa aksincha bo`ladi. Hisobni ochganimizdan keyin o`z xatomiz evaziga ikki to`p o`tkazdik. Dastlab Mamatkazin to`pni tepib yuborish o`rniga Tojievga tashlab berdi. U hozir bundan yuqori saviyada o`ynay olmaydi. Ikkinchi gol urilganda esa Suyunov hujum boshlashga harakat qildi va kutilmaganda mehmonlar burchak to`pi ishlab olishdi. Shunday vaziyatlar bizga oxirgi uchrashuvlarda qimmatga tushmoqda. Aslida yomon o`yin namoyish etmadik».
Hakim Fuzaylov, «Lokomotiv» katta murabbiyi: «Muhim o`yinda zafar quchib, uch ochkoga erishganimizdan xursandman. Lekin o`yin saviyasi o`zimiz kutganchalik bo`lmadi. «Paxtakor» kuchli raqib va ular ikkinchi bo`limda bizni himoyalanishga majbur etishdi. Markazda bo`sh hududlar ko`paygach, Rahmatullaevni maydonga tushirdim. Uchrashuv oxirlarida esa o`yinni darvozamizdan uzoqlashtirish maqsadida Tursunov hamda Nagaevga imkoniyat berdim. O`ylashimcha, bugun keskin bellashuvga guvoh bo`ldik. Oliy ligada oson o`yinlarning o`zi yo`q. Ushbu mavsumdagi bahslar buni isbotlab turibdi».
Xabar "Paxtakor" FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.