Yoshlar Birinchiligi: Peshqadamlar to`qnashuvida «Lokomotiv» kuchliroq chiqdi

18.04.2013

Yoshlar Birinchiligi: Peshqadamlar to`qnashuvida «Lokomotiv» kuchliroq chiqdi

 

O`zbekiston Yoshlar Birinchiligi 6-turi markaziy o`yinida «Paxtakor» va «Lokomotiv» klublari yoshlari Qibrayda o`zaro maydonga tushishdi. Ushbu o`yin arafasida Toshkent jamoalari musobaqa jadvalida peshqadamlik qilishayotan edi.

Birinchi taym asosan «Paxtakor» ustunligida o`tdi va 21-daqiqaga kelib ular 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan edi. Biroq, yosh «paxtakorchilar» tashabbusni o`z qo`llarida saqlab qola bilishmadi. Tanaffusdan so`ng «temiryo`lchilar» javobsiz uchta gol urib, 3:2 hisobida g`alaba qozonishdi. «Lokomotiv» hujumchisi Ivan Nagaev dublga erishdi.

Shunday qilib, 6-turdan so`ng «Lokomotiv» 16 ochko bilan Yoshlar Birinchiligi peshqadamiga aylandi. 6-tur doirasidagi o`z uchrashuvini bir kun avval o`tkazgan «Bunyodkor» esa «Lokomotiv»dan bir ochko kam jamg`argan.

Yoshlar Birinchiligi, 6-tur uchrashuvi
18 aprel, payshanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 2:3. 101 tomoshabin.
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoi), F. Yormuhamedov, A. Po`latov, V. Najafaliev.
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: S. Shixov (3), J. Sohibov (21) – I. Nagaev (71, 90), D. Usmonov (83).
Ogohlantirishlar: P. Smolyachenko (44), K. Ro`ziev (ikkisi ham - «Lokomotiv», 77).

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib