Yoshlar Birinchiligi: «Bunyodkor» safarda «Dinamo»ni mag`lub etdi

17.04.2013

Yoshlar Birinchiligi: «Bunyodkor» safarda «Dinamo»ni mag`lub etdi

O`zbekiston Yoshlar Birinchiligida 6-tur bahslari start oldi. Turni «Dinamo» va «Bunyodkor» yoshlar jamoalari ishtirokidagi o`yin ochib berdi. 17 aprel kuni bo`lib o`tgan o`yinda toshkentlik futbolchilar 2:1 hisobida g`alaba qozonishdi.

Tur doirasidagi navbatdagi o`yinlar 18-19 aprel kunlari o`tkaziladi. Jumladan, payshanba kuni «Paxtakor» va «Lokomotiv» yoshlari o`zaro maydonga chiqishsa, oradan bir kun o`tib tur doirasidagi qolgan beshta o`yin o`tkaziladi.

Xususan, Yoshlar Birinchiligi 6-turi doirasidagi «Buxoro» – «Olmaliq», «Navbahor» – «Guliston», «Sho`rtan» – «Qizilqum», «Neftchi» – «Nasaf» va «Metallurg» – «So`g`diyona» o`yinlari 19 mart, juma kuniga belgilangan.

Yoshlar Birinchiligi-2013, 6-tur uchrashuvi
17 aprel, chorshanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Bunedkor» (Toshkent) – 1:2. 181 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Kenjaev (Navoiy), S. Hakimov, D. Qudratov, A. Axtamov.
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: T. Sharipov (41) – S. Azimov (8), T. Ayupov (59).
Ogohlantirishlar: B. Nasimov (11) – Z. Nurmatov (63).

cola
apex
mib
mib
mib
mib