Namanganning «Navbahor» jamoasi 2013 yilgi mavsumdagi ilk uch ochkoni Zarafshonda «Qizilqum»ga qarshi safar o`yinida qo`lga kiritdi.
14 aprel, yakshanba kuni Zarafshondagi «Progress» stadionida o`tkazilgan bahsda «Navbahor» hujumchisi Ro`zimboy Ahmedov tomonidan urilgan yagona gol o`yin taqdirini hal qildi.
Ushbu g`alaba evaziga «Navbahor» ochkolari sonini 4taga etkazib, musobaqa jadvalida 10-o`ringa ko`tarilib olgan bo`lsa, 4-turdan so`ng murabbiy o`zgargan «Qizilqum» hali ham birorta ochkoni qo`lga kirita olgani yo`q.
Oliy Liga 6-turida «Navbahor» mavsumni dastlabki qismini ko`tarinki ruhda o`tkazayotgan «Guliston»ni qabul qilsa, «Qizilqum» G`uzorda «Sho`rtan» mehmoni bo`ladi. Har ikkala o`yin 20 aprel, shanba kuni o`tkaziladi.
Oliy Liga-2013, 5-tur uchrashuvi
14 aprel, yakshanba
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Navbahor» (Namangan) 0:1 (0:1)
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent viloyati), V. Lushin (Guliston), O. Dachev (Toshkent), Sh. Ro`zikulov (Qarshi).
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
«Qizilqum»: Erkin Jabborov, Azamat Abdullaev, Avaz Agaliev, Farrux Haydarov, Andrey Vlasichev, Farrux Shotursunov (Feruz Boboqulov, 61), Temur Vasilev (Fayzullo Qambarov, 72), Yannis Manzukas (Aziz G`ulomxo`jaev, 79), Ilya Ilin, Alisher Samatov, Sarvar Xolmatov.
«Navbahor»: Denis Romanenko, Abdumajid Toirov, Leonid Koshelev, Ilhom Boydadaev, Timur Sultonov, Akrom Baxriddinov (Azim Ahmedov, 90+2), Qahramon Maxammadjonov, Sobir Hamidov (Abduaziz Sultonov, 85), G`ayrat Jo`raev (Sohib Abdullaev, 90+3), Ro`zimboy Ahmedov, Jahongir Mehmonov.
Gol: Ro`zimboy Ahmedov (30).
Uchrashuvdan so`ng
Mustafo Bayramov, «Navbahor» bosh murabbiyi: «Bugun yaxshi o`yin bo`ldi. «Lokomotiv» bilan qayd etgan durangdan so`ng yigitlarda o`zlariga bo`lgan ishonchlari ortdi. Bugungi o`yinda «Qizilqum» ham yaxshi o`ynadi. Deyarli teng kechgan o`yinda yakunda bitta gol uchrashuv taqdirini hal qildi. Keyingi uchrashuvlarda ham g`alaba uchun maydonga tushamiz».