Oliy Liga, 5-tur: «Nasaf» «Sho`rtan» yirik hisobda mag`lub etdi

14.04.2013

Oliy Liga, 5-tur: «Nasaf» «Sho`rtan» yirik hisobda mag`lub etdi

 

Mavsumdagi yirik hisobdagi ilk yirik g`alaba «Nasaf»ga Oliy Liga jadvalida kuchli uchlikka kirib olish imkonini berdi.

14 aprel, yakshanba kuni Qarshining «Nasaf» jamoasi Oliy Liga 5-tur uchrashuvlari doirasida G`uzorning «Sho`rtan» klubini qabul qildi va yirik – 3:0 hisobida g`alaba qozondi.

Uchrashuvda «Nasaf» hujumchisi Ilhom Shomurodov dublga erishdi – u 18-daqiqada hisobni ochgan bo`lsa, 31-daqiqada uchrashuvdagi ikkinchi golini urishga muvaffaq bo`ldi. Birinchi bo`lim yakunlanishi arafasida esa «Nasaf» sardori Artur Gevorkyan hisobni yirik ko`rinishga keltirgan gol muallifiga aylandi.

Ikkinchi bo`lim boshida «Nasaf» markaziy yarim himoyachisi Erkin Boydullaev, ikkinchi sariq kartochkadan so`ng, maydondan chetlatildi.

Oliy Liga 6-turida «Nasaf» Farg`onada «Neftchi» mehmoni bo`ladi, «Sho`rtan» esa o`z maydonida mavsum autsayderi – Zarafshonning «Qizilqum» jamoasini qabul qiladi. Har ikkala o`yin 20 aprel, shanba kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga-2013, 5-tur uchrashuvi
14 aprel, yakshanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Sho`rtan» (G`uzor) 3:0 (3:0)
Hakamlar:
Baxtiyor Namozov, Mo`min Majidov, Rasul Fozilov, Elyor Tursunov.
Nazoratchi: I.Sharipov.
«Nasaf»: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir QOraev, 9. Ilhom Shomurodov, 15. Zohid Abdullaev (19. Eldor Boymatov, 52), 16. Alisher Yusupov, 17. Artur Gevorkyan (s), 20. Erkin Boydullaev, 22. Shohruh Gadoev, 27. Ilhom Yunusov, 32. Hamza Karimov.
Zaxirada qolganlar: 1. Naumov, 3. Berdimurodov, 8. Kamolov, 77. Ne`matov. «Sho`rtan»: 30. Aleksandr KOrneychuk, 2. Yaroslav Krushelnitskiy, 3. Shavkat Raimqulov, 5. Asror Aliqulov (s), 6. Abbos Omonov, 10. Pavel Solomin, 11. Ilnur Xazigaliev (4.Jamol Otaqulov, 37), 15. Obid Jo`raboev, 17. Vyacheslav Ponomaryov, 18. Dilyaver Abibullaev, 24. Botir Qodirqulov (20. Aleksandr Vostrikov, 61).
Zaxirada qolganlar: 1. Leus , 9. Jumaboev, 16. Intizomov, 21. Raupov.
Gollar: Ilhom Shomurodov (19,32) Gevorkyan (42)
Ogohlantirishlar: Erkin Boydullaev (32), Obid Jo`raboev (54), Farruh Sayfiev (85)
Chetlatish: Boydullaev (49, ikkinchi ogohlantirish)

Uchrashuvdan so`ng
Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» bosh murabbiyi: «Bugun futbolchilarimiz chiroyli o`yin namoyish etishdi va biz haqli g`alabaga erishdi. Men shogirdlarimdan faxrlanaman. Oldimizgda qiyin uchrashuv – Farg`onada «Neftchi»ga qarshi o`yin kutib turibdi. E`tibor bergan bo`lsangiz, jamoamiz o`yini turdan turga ijobiy tomonga o`zgarmoqdk. Umid qilamanki, keyingi turlarda ham futbolchilarmiz muxlislar kutgan o`yinni namoyish etib, ularni xursand etishadi».

Edgar Gess, «Sho`rtan» ustozi: «Raqib yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalandi. Ayniqsa, standart vaziyalarda shogirdlarim ularga imkon berishdi. Ikkita goldn tashqari «Nasaf» futbolchilari burchak to`plarini o`yinga kiritgach ham bir qator xavfli vaziyatlarni yarata olishdi. O`tgan yil jamoamni 10 nafa asosiy tarkib a`zosi tark etgan. Bir yilda yaxlit, mukammal jamoa shakllantirib bo`lmaydi. Agar kelgusi yilgacha shu jamoada ishlab tursa, «Sho`rtan» keyingi yildan boshlab umuman boshqacha o`yin ko`rsatadi».

Xabar "Nasaf" FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib