Amaldagi O`zbekiston chempioni, Toshkentning «Paxtakor» klubi «Dinamo»ga qarshi o`yinda 2013 yilgi mavsumdagi ilk yirik hisobli g`alabasini rasmiylashtirdi.
14 aprel, yakshanba kuni Murod Ismoilov qo`l ostidagi Toshkentning «Paxtakor» jamoasi o`z maydonida Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qildi. Oliy Liga 5-tur uchrashuvlari doirasida o`tkazilgan bahs 0:4 hisobida Kamo Gazarov shogirdlari mag`lubiyati bilan yakunlandi.
Uchrashuvda «Paxtakor»ga g`alaba keltirgan gollar G`ulom O`runov, Temurxo`ja Abduxoliqov, Kaxi Maxaradze va Jora Oganesyan hisobiga yozildi. «Paxtakor» ochkolari sonini 9taga etkazib olgan bo`lsa, «Dinamo» o`zining golsiz seriyasini 540 daqiqaga etkazdi.
19 aprel kuni «Paxtakor» 6-turning markaziy uchrashuvida o`z maydonida musobaqa peshqadami, Toshkentning «Lokomotiv» jamoasini qabul qiladi. Bir kun avval esa «Dinamo» o`z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qiladi.
Oliy Liga-2013, 5-tur uchrashuvi
«Paxtakor» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand) 4:0 (1:0). 1512 tomoshabin.
Hakamlar: A.Asimov (Toshkent), B.Bahromov (Toshkent), S.Shoyusupov (Toshkent), B.Yulcharaev (Guliston).
Nazoratchi: D.Roman (Toshkent).
«Paxtakor»: 12. Aleksandr Lobanov, 27. Ilhom Suyunov, 29. Vladimir Kozak (5. Akbar Ismatullaev, 64), 21. Ildar Mamatkazin, 24. Davron Hoshimov (6. Murod Xolmuhammedov, 46), 7. Kaxi Maxaradze sardor (34. Oybek Qilichev, 57), 3. G`ulom O`runov, 15. Jamshid Iskanderov, 10. Jora Oganesyan, 38. Abbos Maxsitaliev, 9. Temurxo`ja Abduxoliqov.
Zaxirada qolganlar: 1. Nikita Ribkin, 18. San`at Shixov, 19. Igor Sergeev, 23. Aleksandr Merzlyakov.
«Dinamo»: 27. Andrey Melnichuk sardor , 3. Maksim Kolyadin (23. Temur Sharipov, 62), 9. Volodimir Kilikevich, 13. Aleksandr Kletskov, 16. Akmal Xolmurodov, 18. Sirojiddin Sayfiev, 24. Timur Dadashev, 26. Komil Sharofiddinov (6. Akmal Bozorov, 59), 25. Nodir Sanoqulov, 17. Abdulla Nabiev, 10. To`lqin Mirzaev (13. Yunus Suyunov, 79).
Zaxirada qolganlar: 1. Igor Mixaylov, 11. Bobur Nasimov, 15. Islom Hamidov, 73. Oleg Gorvits.
Gollar: G`. O`runov (2), T. Abduxoliqov (47), K. Maxaradze (49, penalti), J. Oganesyan (57).
Ogohlantirishlar: T. Abduxoliqov (39), O. Qilichev (80) — A. Melnichuk (48).
O`yindan so`ng
Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi: «Bugun etakchi futbolchilarimizga dam berib, zaxirada o`tirgan o`yinchilarimizga imkoniyat berishga qaror qildik. Chunki oldinda muhim o`yinlar turibdi va boshqa futbolchilarning holatini bilib olishimiz lozim edi. Ular ishonchni oqlashdi. Birinchi bo`limda o`yin nazoratini o`zimizda saqlab turdik. Tanaffusdan keyin tezlik bilan raqib darvozaga to`plar kiritib, o`yin taqdirini hal etdik. Suyunov, Maxsitaliev hamda Mamatkazin asosiy tarkibda deyarli maydonga tushishmayotgandi. Ular yaxshi o`yin namoyish qilishdi».
Kamo Gazarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «Raqibga jiddiy ko`rsatish uchun mashg`ulotlarda ishlagandik. Biroq tezkor gol barchasini o`zgartirib yubordi. Shundan keyin yigitlar nima qilishni bilmay qolishdi. Bizda o`yinchilar yosh va ularda tajriba kam. «Paxtakor»da ham futbolchilar yosh, lekin ularning barchasi anchadan buyon asosiy tarkibda o`ynab kelmoqda. Xalqaro uchrashuvlarni maydonga tushishgan. Bizda bo`lsa yoshlarning tizzasi qaltirab qolganiga guvoh bo`ldik. Menimcha, keyingi yilga borib, bizning futbolchilar o`sishga erishishadi. Hozir esa yoshlardan iborat kurashchan jamoani shakllantirishga harakat qilamiz».
Xabar "Paxtakor" FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.