Oliy Liga, 5-tur: «So`g`diyona» «Neftchi» ustidan irodali g`alabaga erishdi

13.04.2013

Oliy Liga, 5-tur: «So`g`diyona» «Neftchi» ustidan irodali g`alabaga erishdi

Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasi o`z maydonidagi mag`lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda.

13 aprel, shanba kuni O`zbekiston Oliy Ligasi 5-tur uchrashuvlari doirasida bitta o`yin o`tkazildi. Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasi shu kuni Farg`onaning «Neftchi» jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida g`alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob dastlab «Neftchi» futbolchilari tomonidan ochildi. Uchrashuvning 36-daqiqasida «So`g`diyona» darvozasiga belgilangan penaltidan Aziz Alijonov unumli foydalandi va «Neftchi»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq uchrashuvning so`nggi 10 daqiqasida Davron Fayziev shogirdlari o`yinda tub burilish yasay olishdi.

Dastlab, 83-daqiqada Murod Toshmatov hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qilgan bo`lsa, uchrashuv asosiy vaqti yakunlanishiga bir daqiqa qolganida Xurshid Yo`ldoshev «So`g`diyona»ga mavsumdagi ikkinchi g`alabani keltirgan golni o`z hisobiga yozib qo`ydi.

Ushbu g`alabadan so`ng «So`g`diyona», ochkolari sonini 6taga etkazib, kamida bir kunga 8-o`ringa ko`tarilib olgan bo`lsa, Yuriy Sarkisyan qo`l ostidagi «Neftchi» 3 ochko bilan 12-o`rinda bormoqda.

Oliy Liga 6-turida «So`g`diyona» safarda «Metallurg»ga qarshi to`p sursa, «Neftchi» o`z maydonida «Nasaf»ni qabul qiladi. Uchrashuvlar 20 aprel, shanba kuni o`tkaziladi.

5-tur uchrashuvlari 12 aprel kuni start olgan edi. Turning qolgan uchrashuvlari 14 apral, yakshanba kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga-2013, 5-tur uchrashuvi
13 aprel, shanba
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Neftchi» (Farg`ona) 2:1. 5371 tomoshabin.
Hakamlar:
H. Ro`ziev (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), N. Boltaev (Navoiy).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
«So`g`diyona»: 1.Aleksandr Melenchuk, 2.Javodullo Ibrohimov, 3.Ilhom Komilov, 4.Asil Begimqulov (9.Xurshid Yo`ldoshev, 46), 5.Ilyos Qurbonov (15.Anvar Rahimov, 63), 6.Murod Toshmatov, 13.Jalil Kimsanov, 18.Suhrob Berdiev, 19.Siroj Hamroev, 24.Elyor Oripov, 25.Sardor Qahhorov (22.Orif Mamajonov, 55).
Zaxirada qolganlar: 16.Shirinboy Abdullaev, 7.Rasul Hayitov, 17.Sanjar Rashidov, 41.Ayubxon No``monov.
«Neftchi»: 46.Xo`jaev Xurshid, 3.Shukur Po`latov, 5.Iqbol Boboxonov, 6.Baxtiyor Yoqubov, 7.Mansur Saidov, 8.Aziz Alijonov, 11. Otabek Isroilov (30.Otabek Zokirov, 67, 19.Sherzod Hakimov, 78), 17.Sardor Mirzaev, 20.Dilyorbek Ermatov 22.Iqbol Akramov, 23.Sanjar Asqaraliev.
Zaxirada qolganlar: 21.Farrux Turdialiev, 14.Xolmurodov Faxriddin, 15.Sardor Soibov, 18.Javlon Guseynov, 45.Muhsin Nizomiddinov.
Gollar: M. Toshmatov (82), O. Mamajonov (89) – A. Alijonov (37, penalti).
70-daqiqada S. Berdiev («So`g`diyona») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: E. Oripov (37), I. Qurbonov (43), I. Komilov (90+1) – D. Ermatov (40), A. Alijonov (43), I. Babaxonov (70), X. Xo`jaev (71), Sh. Hakimov (80).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Berdiev – X. Xo`jaev.

O`yindan so`ng
Yuriy Sarkisyan, «Neftchi» bosh murabbiyi:
«Biz bugun yomon o`namadik. Birinchi bo`limda gol urdik. Lekin hakamni tushunolmadim. Raqib bizning ko`plab hujumlarimizni qo`pollik bilan to`xtatib qoldi. Deyarli, jamoani yarmini maydondan chetlatishi lozim edi. Lekin hakam ularni ogohlantirmadi ham. 1:1 bo`lib turgan vaziyatda sof 11 metrlik jarimani bermay, raqibning qarshi xujumini gol bilan yakunlanishiga sababchi bo`ldi. O`yin taqdirini faqat hakamlar hal qilar ekan, bizlar esa hech nima qila olmas ekanmiz. Men ular haqida gapiraverishdan charchadim. Boshqa gapim ham qolmayapti. Hakamlar bugun o`z bilganlarini qilishdi. Ular qilmishlariga javob berishadimikan? Yo`q, faqatgina murabbiylar, futbolchilar har doim jazolanishadi.

«Ha, yigitlar yaxshi harakat qilishdi. 90 daqiqa yaxshi o`nashdi deya olmayman. Ko`plab golli vaziyatlarni ko`kka sovurishdi. Nima qilardik, futbolda naql bor: «Sen urmasang, senga urishadi. Bugun haqiqatdan ham 90 daqiqa davomida jangovor o`yin bo`ldi.Kechagi ushbu jamoalarning yoshlari o`rtasidagi bahsda ham biz oldinda edik va qolgan daqiqalarda darvozamizdan ikki to`p olib chiqishga majbo`r buldik. Bugungi o`yin stsenariysi ham shunga o`xshash bo`ldi. Himoyamizning ikkita bolalarcha yo`l qo`ygan hatolari natijasida gol o`tkazdik. Himoyamiz qo`pol hatolarga yo`l qo`ydi».

Davron Fayziev, «So`g`diyona» bosh murabbiyi: «Rostini aytaman bugun shogirdlari haqiqiy irodalarini ko`rsatishdi. Raqibga qaraganda ancha yosh bo`lishlariga qaramay, ular bilan tengma-teng kurash olib borishdi. Birinchi bo`limda biroz sust harakat qilishdi. Tanaffus vaqtida ularga bergan ko`rsatmalarim futbolchilar tomonida deyarli to`liq bajarildi».

«Ha, «So`g`diyona» oxirgi marta 1999 yilda «Neftchi»ni mag`lubiyatga uchratgan edi. O`sha vaqtlardagi jamoa bilan hozirgisini solishtirish juda qiyin. 14 yillik davr mobaynida «So`g`diyona» har hil sharoitda to`p surib, ko`p qiyinchiliklarga ham to`g`ri kelgan. Biroq bizning hozirgi jamoamiz tubdan yangilangan. Jamoa o`z oldiga kamida 4-5 yillik reja asosida faoliyat yuritishni maqsal qilib olgan. Asosan yoshlar bilan ko`rpoq ishlayapmiz. To`g`ri ularda tajriba kamroq. Lekin kuchli raqiblarga qarshi o`yinlar davomida ular asta-sekinlik bilan maydonda o`z o`yinlarini topib ketishlariga ishonaman. Bizning eng asosiy maqsadimiz bugungi o`tgan o`yinni yoddan chiqarib, navbatdagi o`yinga jiddiy hozirlik ko`rish. Har qanday jamoa maydonga faqat g`alaba uchun tushadi. Mavsum yakunida esa qilgan mehnatlarimiz natijasini ko`ramiz».

cola
apex
mib
mib
mib
mib