Bugun, 12 aprel kuni Yoshlar Birinchiligi 5-tur uchrashuvlari doirasida bitta o`yin o`tkazildi. Unda «So`g`diyona» jamoasi yoshlari «Neftchi»dagi tengdoshlarini 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratishdi.
Eslatib o`tamiz, Yoshlar Birinchiligi 5-tur uchrashuvlari 11 aprel kuni start olgan. Turning qolgan o`yinlari 13 aprel kuni o`tkaziladi.
Yoshlar Birinchiligi, 5-tur uchrashuvlari
12 aprel, juma
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Neftchi» (Farg`ona) – 2:1. 237 tomoshabin.
Hakamlar: N. Boltaev (Navoiy), D. Ubaydullaev, T. Suyunov, Sh. Yo`ldoshev.
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: B. Qosimov (63), S. Rashidov (88) – D. Rasulov (18).
Ogohlantirishlar: A. No``monov (47), D. Hazratqulov (54), D. Ikromov (barchasi - «So`g`diyona», 84).