Yoshlar Birinchiligi 5-turining ochilish o`yinida Toshkentning «Lokomotiv»ning jamoasi yoshlari Bekobodning «Metallurg» klubi yoshlarini 4:2 hisobida mag`lubiyatga uchratishdi.
Tur doirasidagi navbatdagi o`yinlar 12-13 aprel kunlari o`tkaziladi. Juma kuni «So`g`diyona» yoshlari «Neftchi»ga qarshi bahs olib borsa (o`yin 16:00da boshlanadi), shanba kuni «Paxtakor» – «Dinamo» (15:00), «Nasaf» – «Sho`rtan» (16:30), «Qizilqum» – «Navbahor» (17:00), «Guliston» – «Buxoro» (16:30) va «Olmaliq» – «Bunyodkor» (15:00) o`yinlari o`tkaziladi.
Yoshlar Birinchiligi-2013, 5-tur uchrashuvi
11 aprel, payshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod) - 4:2. 112 tomoshabin.
Hakamlar: I. Garmashov (Toshkent), B. Japarqulov, R. Lutfulin, R. Serazetdinov.
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: I. Aliboev (16), D. Rahmatullaev (31, 40), U. Ernazarov (61) – S. Inomjonov (73), A. Ziyovutdinov (90+2, penalti).
Ogohlantirishlar: R. A`zamov (38), A. Parvanov (43), K. Abramov (barchasi - «Lokomotiv», 60).