Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

08.04.2013

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda quyidagi qarorlar qabul qilindi.

Oliy Liga
«So`g`diyona»ga qarshi 2-tur uchrashuvida hakam yordamchisi sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Buxoro» himoyachisi Asqar Muhitdinov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Yoshlar Birinchiligi
«Olmaliq»ga qarshi 1-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Nasaf» yarim himoyachisi Ulug`bek Dadaboev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Paxtakor»ga qarshi 3-tur uchrashuvda hakamlar brigadasini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Neftchi» bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyan Yoshlar Birinchiligidagi 5ta uchrashuvga diskalifikatsiya qilindi.

«Qizilqum»ga qarshi 3-tur uchrashuvida raqibi oyog`iga qasddan zarba bergani uchun «Bunyodkor» yarim himoyachisi Sardor Rashidov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«So`g`diyona»ga qarshi 3-tur uchrashuvida hakam yordamchisi sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun «Navbahor» yarim himoyachisi Bilol Sharofutdinov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib