7 aprel, yakshanba kuni O`zbekiston Kubogi-2013 1/16 final doirasidagi so`nggi uchta o`yin o`tkazildi.
O`zbekiston Birinchiligi debyutanti – Toshkentning «Istiqlol» jamoasi o`z maydonida Oliy Liga vakili «Dinamo»ni 4:1 hisobida mag`lubiyatga uchratib, nimchorak finalga yo`l olgan O`zbekiston Birinchiligining to`rtinchi vakiliga aylandi.
Eslatib o`tamiz, 6 aprel, shanba kuni o`tkazilgan o`yinlar natijasiga ko`ra, O`zbekiston Birinchiligida ishtirok etuvchi «Mash`al», «Lokomotiv-BFK» va «Qo`qon-1912» jamoalari nimchorak final bosqichi yo`llanmalarini qo`lga kiritishgan edi.
Nimchorak final bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvlar 27-28 aprel kunlari o`tkaziladi.
O`zbekiston Kubogi-2013, 1/16 final uchrashuvlari
7 aprel, yakshanba
«Orol» (Nukus) – «Sho`rtan» (G`uzor) - 1:4. 512 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: A. Ilyosov (47) – P. Solomin (4), A. Mansurov (30), I. Otaxonov (36), D. Abibullaev (85).
Ogohlantirishlar: N. Xaipov (49) – Z. Raupov (60).
«Buxoro-2» (Buxoro) – «Navbahor» (Namangan) – 0:1. 1111 tomoshabin.
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoi), N. Ro`zimov (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gol: G`. Jo`raev (83).
Ogohlantirishlar: F. Ergashev (15) – Q. Muhammadjonov (27).
«Istiqlol» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand) – 4:1. 128 tomoshabin.
Hakamlar: X. Ro`ziev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), D. Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: T. Sadirov (47), Z. Sodiqov (52), X. Ergashev (90), N. Odilov (90+2) – K. Sharofutdinov (9).
Ogohlantirishlar: S. Yusupov (18), B. Joniev (51), Sh. Murodov (barchasi - «Dinamo», 62).