Bugun, 3 aprel, chorshanba kuni O`zbekiston Oliy Ligasi 2-turi doirasidagi qoldirilgan «Navbahor» – «Lokomotiv» uchrashuvi o`tkaziladi. Ushbu uchrashuv 9 mart kuni o`tkazilishi kerak edi, biroq noqulay ob-havo sharoiti tufayli boshqa muddatga qoldirilgan edi.
Kosonsoyda o`tkaziladigan o`yin 16:00da boshlanadi. Uchrashuvni Marat Ismoilov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Oliy Liga-2013, 2-tur qoldirilgan uchrashuvi
3 aprel, chorshanba
«Navbahor» (Namangan) – «Lokomotiv» (Toshkent)
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg`ona).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).