O`zbekiston Kubogi-2013 nimchorak final o`yinlarida o`zgarish yuz berdi.
O`zbekiston Kubogi-2013 nimchorak final o`yinlari doirasida 6 aprel, shanba kuni Kosonsoyda o`tkazilishi kerak bo`lgan «Kosonsoy» (Kosonsoy) – «Olmaliq» (Olmaliq) uchrashuvi, texnik sabablarga ko`ra, Olmaliqqa ko`chirildi.
Bungacha xuddi shu sabab bilan Nukusda o`tkazilishi kerak bo`lgan «Orol» (Nukus) – «Sho`rtan» (G`uzor) uchrashuvi G`uzorga ko`chirilgan edi.
Avvalroq, Kubokning ushbu bosqichidagi o`yinlarni boshqarib boruvchi hakamlar va nazoratchilar ro`yxati e`lon qilingan edi.