«Qizilqum» bosh murabbiyi Ravshan Haydarov, Zarafshon jamoasidagi bir yarim yillik faoliyatidan so`ng, iste`foga chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Haydarovning iste`fosiga jamoa 2013 yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagani sabab bo`ldi. Dastlabki 4 tur yakuniga jamoa o`tkazilgan barcha uchrashuvlarda mag`lubiyatga uchradi va ayni vaqtda Oliy Liga jadvalida eng so`nggi o`rinni egallab turibdi.
«Joriy mavsumdagi natijalar tufayli Zarafshondagi faoliyatimni tugatib yangi ishga o`tishga qaror qildim. «Qizilqum»dagi yordamchilarim o`z ishlarini davom ettiradilar va jamoani qiyin ahvoldan olib chiqib ketadilar degan umiddaman. Eng muhimi, qo`l ostimda halol mehnat qiladigan futbolchilar yig`ilganlar. Men ularning kelajagdagi ishlariga omad tilayman», - dedi Ravshan Haydarov. «Qizilqum» rasmiy sayti xabariga ko`ra, Haydarov oldida bir necha jamoalardan aniq takliflar bor.
Qo`shimcha sifatida, avvalroq Ravshan Haydarovning «Qizilqum»dagi yordamchisi – Aleksey Evstafeev ham bor e`tiborini terma jamoalarga qaratishni ma`qul ko`rib, «Qizilqum»dagi faoliyatini tugatgan edi.