Mirjalol Qosimov: «Maqsadimiz – 3 ochkoni qo`lga kiritish»

01.04.2013

Mirjalol Qosimov: «Maqsadimiz – 3 ochkoni qo`lga kiritish»


«Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning aytishicha, uning jamoasida ruhiy jihatdan hech qanday muammo yo`q.

Osiyo Chempionlar Ligasi G guruhi 3-tur bahslaridan o`rin olgan «Bunyodkor» – «Beyjing Guoan» klublari o`rtasidagi o`yin arafasida 1 aprel, dushanba kuni har ikkala klub vakillari ishtirokida matbuot anjumanlari o`tkazildi. «Bunyodkor» vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va yarim himoyachi Lutfulla To`raev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Ertaga bizni muhim o`yin kutmoqda. O`z maydonimizda «Poxang Stilerz» bilan durang o`ynab 2 ochko yo`qotdik. Boshqa tomondan esa biz o`sha o`yinda 1 ochkoga ega bo`ldik va peshqadamlikni saqlab qoldik. Aytmoqchimanki, xali xammasi o`z qo`limizda. Ertangi o`yinda asosiy maqsadimiz, navbatdagi 3 ochkoni qo`lga kiritish va mavqemizni mustahkamlab olish. Raqib jamoa intizomli o`ynaydi, qarshi hujumga tez o`tadi va bu ancha xavfli. Legioner o`yinchilari yuqori saviyadagi futbolchilar hisoblanishadi», - dedi Mirjalol Qosimov.

«Murabbiy gaplariga to`la qo`shilaman va futbolchilar nomidan aytishim mumkin – biz jangovar kayfiyatdamiz va ertangi o`yinda g`alaba qozonish uchun maydonga tushamiz», - deya qo`shimcha qildi yarim himoyachi Lutfulla To`raev.

«Oleg Zoteev jarohat olgan va hozir u alohida shug`ullanmoqda. Mavsum yaqinda boshlandi va jismoniy toliqishga xali erta. Jismoniy jihatdan 100 foizga tayyor bo`lmasligimiz mumkin, lekin aynan shunday o`yinlar orqali bu boradagi muammolarni bartaraf etib boramiz. Bizda zahira o`rindig`i yaxshi shakllangan va maydonda kimdadir charchash alomatlari sezilsa, uni darxol almashtiramiz. Ruhiy jihatdan xam xech qanday muammo yo`q», - dedi Qosimov.

«Men Egorning imkoniyatlarini yaxshi bilaman va bejiz termaga nomzod qilib ko`rsatmagandim. U xali yosh, o`z ustida tinmay ishlasa albatta termadan chaqiruv oladi. Lekin buning uchun o`ynash kerak. Ertaga u o`zini ko`rsatish uchun yana bir imkoniyatga ega bo`ladi...», - deya qo`shimcha qildi «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov.

Eslatib o`tamiz, «Bunyodkor» va «Beyjing Guoan» jamoalari o`rtasidagi o`yin 2 aprel, seshanba kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o`tkaziladi. O`yin Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Xabar «Bunyodkor» matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib