Oliy Liga, 4-tur: «Dinamo»ning golsiz, «Olmaliq»ning mag`lubiyatsiz seriyasi davom etdi

30.03.2013

Oliy Liga, 4-tur: «Dinamo»ning golsiz, «Olmaliq»ning mag`lubiyatsiz seriyasi davom etdi

30 mart kuni Oliy Liga 4-tur doirasidagi navbatdagi o`yinlar bo`lib o`tdi.

30 mart kuni Samarqandning «Dinamo» jamoasi Oliy Liga 4-tur bahslari doirasida Olmaliqning «Olmaliq» jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.

Qayd etish joiz, ushbu natija bilan «Dinamo» mavsumdagi ketma-ket to`rtinchi o`yinda gol urishning uddasidan chiqa olmadi – samarqandliklar hozircha 3ta durang evaziga (bitta mag`lubiyat ham qayd etilgan) 14 jamoa orasida 10-o`rinni band etib turibdi. O`z navbatida, «Olmaliq»ning mag`lubiyatsiz seriyasi ham 4ta o`yinga etdi – Igor Shkvirin shogirdlari 1ta g`alaba va 3ta durang bilan musobaqa jadvalida hozircha 5-o`rinni egallab turishibdi.

5-turda «Dinamo» Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo`ladi – uchrashuv 14 aprel, yakshanba kuni o`tkaziladi. Xuddi shu kuni «Olmaliq» o`z maydonida «Bunyodkor»ga qarshi maydonga tushadi.

Oliy Liga, 4-tur uchrashuvi
30 mart, shanba
«Dinamo» (Samarqand) - «Olmaliq» (Olmaliq) 0:0. 6253 tomoshabin.
Hakamlar:
Z.Qodirov (Navoiy), R.Shoahmetov (Toshkent), A.Bukatin (Toshkent), N.Qosimov (Qarshi).
Nazoratchi: A.Artyunov (Toshkent).
«Dinamo»: 27. Andrey Melnichuk, 5. Ahrol Risqullaev, 6.Akmal Bozorov (17. Abdullo Nabiev, 59), 9.Vladimir Kilikevich, 10.To`lqin Mirzaev (26.Komil Sharofutdinov, 69), 13.Aleksandr Kletskov, 16.Akmal Xolmurodov, 18.Sirojiddin Sayfiev, 21.Azamat Bobojonov, 22.Firdavs Abdusalimov (3.Maksim Kolyadin, 79), 25.Nodir Sanaqulov.
«Olmaliq»: 1.Maqsatmurod Shomurodov, 5.Evgeniy Gogol, 20.Darko Stanoevich, 2.Timur Kagirov, 8.Zafar To`raev, 11.Zohir Pirimov, 21.Shahboz Erkinov (10.Muydin Mamazulunov, 79), 9.Zafar Polvonov, 18.Samandar Shodmonov (22.Sanjar Shoahmedov, 46), 13.Igor Petkovich (7.Doston Abdurahmonov, 70), 24.Diyor Turopov.
Ogohlantirishlar: A.Xolmurodov (65), A.Nabiev (90), V.Kilikevich (90+1).

O`yindan so`ng:
Kamo Gazarov, «Dinamo» bosh murabiyi:
«Natija biz uchun qoniqarli bo`lmadi. Faqat g`alabani ko`zlagandik. Agar yaratilgan vaziyatdan foydalanganimizda g`alabani ilib ketishimiz mumkin edi. Ketma-ket uchinchi nursiz durang bu albatta hujum chizig`imiz kuchli emasligini bildiradi. E`tibor bergan bo`lsangiz, bugungi kunda jamoa asosini yoshlar tashkil etadi. Shu bois bizga biroz vaqt kerak. Xar holda, jamoani ikki oyda tuzib bo`lmaydi. Keyingi o`yinlarda Toshkentning etakchi uch jamoasi bilan ro`baro` kelamiz. Vazifa – har bir uchrashuvdan ochko olish».

Xabar «Dinamo» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib