Oliy Liga 4-tur: «Bunyodkor» kichik hisobda «Guliston»ni mag`lubiyatga uchratdi

29.03.2013

Oliy Liga 4-tur: «Bunyodkor» kichik hisobda «Guliston»ni mag`lubiyatga uchratdi

Oliy Liga 4-turidan o`rin olgan uchrashuvda Toshkentning «Bunyodkor» klubi o`z maydonida «Guliston» jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g`alaba qozondi.

Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o`tkazilgan uchrashuv «Bunyodkor» jamoasi uchun ushbu stadiondagi ilk rasmiy o`yin bo`ldi. O`yinning birinchi bo`limi 27-daqiqasida toshkentliklar hujumchisi Kamoliddin Murzoev tomonidan kiritilgan yagona gol «Bunyodkor»ga navbatdagi 3 ochkoni keltirdi.

Ushbu g`alabadan so`ng Mirjalol Qosimov shogirdlari 4 uchrashuvdan so`ng yuz foizlik natija ko`rsatib, Oliy Liga peshqadamiga aylanib olishdi

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Guliston» (Guliston) 1:0 (1:0). 3465 tomoshabin.
Hakamlar:
Rustam Bobomurodov (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy), Olimjon Jumaev (Navoiy), Sergey Ivlev (Navoiy).
Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent).
«Bunyodkor»: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Xayrulla Karimov, 6.Anvar G`ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 13.Lutfulla To`raev, 14.Alibobo Rahmatullaev (24.Bahodir Pardaev 88), 16.Artyom Filiposyan, 17.Kamoliddin Murzoev (9.Igor Taran 78), 18.Fozil Musaev (11.Aleksandr Pishchur 64), 19.Jasur Hasanov, 23.Sahob Jo`raev.
Zaxirada qolganlar: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Abduqahhor Hojiakbarov, 5.Dilshod Jo`raev
«Guliston»: 24.Doniyorjon Usmonov, 2.Ibrohimjon Rahimov, 3.Akbar Sattaev, 18.Boburjon Akbarov, 23.Sarvarjon Jo`raev, 25.Elyor Jahonov (28.Ilyos Xayrov 46), 7.Rabbimjon Hasanov, 15.Sobir Usmonxo`jaev (10.Zafarjon Qoraqulov 68), 22.Tohirjon Shamsitdinov, 11.Nosirbek Otaqo`ziev, 9.Xurshid Yuldashev (17.Alisher Shog`ulomov 46).
Zaxirada qolganlar: 1.Ilhom Jumanov, 4.Jasurbek Otajonov, 19.Rustam Qodirov, 27.Konstantin Boev.
Gol: Kamoliddin Murzoev (27).
Ogohlantirishlar: Javlon Ibrohimov (78) – Ilyos Xayrov (84).
Eng yaxshi o`yinchilar: Ignatiy Nesterov - Nosir Otaqo`ziev.

Baxtiyor Ashurmatov, «Guliston» bosh murabbiyi: «O`yin og`ir bilishini avvaldan bilardik, shunga qaramay, men o`z shogirdlarimga «Bunyodkor» kabi raqiblarga qarshi kurashish mumkinligini singdirishga harakat qildim. Agar biz o`zimiz qodir bo`lgan narsani 200 foizga namoyish eta olsak, shunda muvaffaqiyatga ham erisha olamiz. Afsuski, birinchi bo`limda ortiqcha hayajon bizga biroz xalal berdi. Tanaffusda shogirdlarimga 0:1 hisobi uchun bizga yarim ochko ham bermasliklarini, shuning uchun ham oldinga o`tish kerakligini tushuntirdim. Baxtga qarshi, raqibning yuqori saviyali o`yinchilari bizga maydonda o`ylaganimizni qilish imkonini berishmadi.

«Tarkibimizdagi futbolchilarning aksariyati Birinchi Ligada ham «Guliston» sharafini himoya qilgan futbolchilardir. Jamoani qabul qilib olgan vaqtim jamoa asosini saqlab qolish haqida klub rahbarlari bilan kelishib olgandik. Shundan kelib chiqib, tajriba to`plashda yordam berishi mumkin bo`lgan alohida tajribali futbolchilar jamoaga jalb qilingan. Bugun toshkentliklarning yarim himoyasi bizning o`rta chizig`imizni to`la mag`lub etdi, biroq biz shu bilan to`xtab qolmaymiz. Shogirdlarim ikkinchi bo`limda raqibga haqiqiy qarshilik ko`rsatib, bir necha vaziyatlarni yuzaga keltirganliklari uchun minnatdorlik bildiraman.

«Biz har bir o`yinda kurash olib boramiz. Muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishga harakat qilamiz. Shunda ochkolar ham, musobaqa jadvalida munosib o`rinlar ham bo`ladi».

Murod Otajonov, «Bunyodkor» murabbiyi: «O`ylashimcha, o`yin yaxshi o`tdi. Biz o`yin olib borishning turli taktikalarini sinovdan o`tkazishga harakat qildik. Chunki oldinda Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi muhim o`yin kutib turibdi. Shuning uchun ham bir vaqtning o`zida uchta tayanch yarim himoyachi bilan o`ynadik, ularning o`rniga hujumchilar chiqishdi.

«Guliston» – yaxshi jamoa. Biz bu jamoa darvozasiga gol ura olgan birinchich jamoa bo`ldi. Bungacha esa ular uchta o`yinni muvaffaqiyatli o`tkazishgan edi. Bizda darvozani yana ishg`ol etish uchun vaziyatlar bo`ldi, biroq ulardan foydalanishda oqsadik. Umid qilamanki, bugungi repetitsiya yaxshi o`tdi va buning ijobiy samarasini 2 aprel kuni bo`ladigan o`yinda ko`ra olamiz».

cola
apex
mib
mib
mib
mib