Oliy Liga, 2-tur qoldirilgan uchrashuvlari: «Buxoro»ning yirik g`alabasi, «Guliston»ning mag`lubiyatsiz yurishi

23.03.2013

Oliy Liga, 2-tur qoldirilgan uchrashuvlari: «Buxoro»ning yirik g`alabasi, «Guliston»ning mag`lubiyatsiz yurishi

Oliy Liga 2-turi doirasida qoldirilgan ikkita o`yin 23 mart kuni o`tkazildi.

23 mart, shanba Oliy Liga-2013 2-turi doirasida qoldirilgan «Buxoro» – «So`g`diyona» va «Dinamo» – «Guliston» uchrashuvlari o`tkazildi. «Buxoro» – «So`g`diyona» Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o`tkazilgan bo`lsa, «Dinamo» – «Guliston» uchrashuvi bilan Samarqandda chempionat bayrog`i ko`tarildi.

«Buxoro» – «So`g`diyona» uchrashuvida nominal maydon egasi hisoblangan buxoroliklar yirik – 4:1 hisobida g`alaba qozonishgan edi. Qayd etish joiz, Tachmurad Agamuradov shogirdlari bungacha 1-turda «Lokomotiv»ga 1:5 hisobida, 3-turda esa «Nasaf»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. 3-turda «Navbahor»ni o`z maydonida 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan «So`g`diyona» esa chempionatda ikkinchi yirik mag`lubiyatga uchradi.

«Dinamo» – «Guliston» uchrashuvida hisob ochilmadi. Shunday qilib, Oliy Liga debyutanti hisoblangan gulistonliklarning Oliy Ligadagi mag`lubiyatsiz yurishi davom etadigan bo`ldi. «Dinamo» esa ketma-ket ikkinchi o`yinda golsiz durang o`ynadi.

Uchrashuvdan so`ng o`z fikrlari bilan o`rtoqlasharkan, «Guliston» bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jamoasi safardan bir ochko bilan qaytganidan xursand ekanligini yashirib o`tirmadi: «Bugungi o`yinning og`ir o`tishini bilgandik. Chunki, «Dinamo» minglab muxlislari qarshisida har qanday raqibga ta`sir ko`rsata oladi. Bugun ham ochilish marosimi o`yinida mezbonlar asosiy urg`uni hujumga qaratishdi. Vaziyatlar bo`ldi, baxtimizga himoyachilarimiz yaxshi o`yin ko`rsatishdi. Bugun safardan bir ochko bilan qaytdik. Bu natijadan biz xursandmiz».

«Dinamo» bosh murabbiyi Kamo Gazarovning fikricha, uning jamoasiga «Guliston»ga qarshi o`yinda omad kulib boqmadi: «Afsuski, bugun yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Umuman olganda esa jamoamiz futbolchilaridan minnatdorman. Ular g`alaba uchun bor kuch va g`ayratlarini ishga solishdi, biroq bugun omad biz tomonda emasdi. Aksiga olib asosiy hujumchimiz o`yin boshida jarohat olishi bugungi bahs natijasiga ham salbiy ta`sir etdi. Bugun bir ochko qo`lga kiritmadik, ikki ochko yo`qotdik, degan bo`lardim. E`tibor bergan bo`lsangiz, jamoamiz asosini yoshlar tashkil etadi. Ularga esa o`yin amaliyoti, tajriba kerak. Umid kilamanki, futbolchilarimiz keyingi uchrashuvlarda muxlislarimizni quvontirishadi».

Oliy Liga-2013, 2-tur, qoldirilgan uchrashuvlari
23 mart, shanba
«Buxoro» (Buxoro) – «So`g`diyona» (Jizzax) 4:1 (4:0). 715 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), A. Bukatin (Toshkent), T. Galeev (Urganch).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
«Buxoro»: 30. Botir Nosirov, 2. Naoya Shibamura (23. Alisher Azizov,46), 24. Asqar Muhitdinov, 4. Devid Oniya, 5. Georgi Kvesieshvili, 7. Aleksey Nikolaev, 8. Alisher Mahmudov (6. Evgeniy Kochnev,62), 14. Vohid Shodiev (77. Azizbek Murotov), 11. Otabek Valijonov, 17. Otabek Narzullaev, 21. Bahriddin Vahobov.
Zaxirada qolganlar: 1. M. Shabanov, 10. A. Sapoev, 15. N. Umurov, 27. M. Rahimov.
«So`g`diyona»: 16. Shirinboy Abdullaev, 13. Jalil Kimsanov, 24. Elyor Oripov, 3. Ilhom Komilov, 7. Rasul Hayitov (8. Botirjon Karimjonov, 75), 6. Murodjon Toshmatov, 14. Renat Bayramov, 15. Anvar Rahimov (2. Javodullo Ibrohimov, 46), 9. Xurshid Yo`ldoshev, 22. Orif Mamajonov (4. Asil Begimqulov, 46), 25. Sardor Qahhorov.
Zaxirada qolganlar: 12. N. Ashirmatov, 10. Z. Narziqulov, 20. D. Umaraliev, 21. A. Abdurahmonov.
Gollar: Alisher Mahmudov (20), Vohid Shodiev (21, 36), Otabek Narzullaev (31) - Xurshid Yo`ldoshev (59).
Ogohlantirishlar: Devid Oniya (79), Otabek Valijonov (80), Alisher Azizov (83) – Renat Bayramov (14), Sardor Qahhorov (43), Ilhom Komilov (81), Elyor Oripov (82).
Chetlatish: Asqar Muhitdinov (90+3)

«Dinamo» (Samarqand) - «Guliston» (Guliston) 0:0. 10103 tomoshabin.
Hakamlar:
M.Muhammedov (Toshkent viloyati), U.Karimov (Andijon), Marajabov (Andijon), V.Serazetdinov (Toshkent).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
«Dinamo»: 27. Andrey Melnichuk, 5. Ahrol Risqullaev, 6. Akmal Bozorov, 9. Vladimir Kilikevich, 10. To`lqin Mirzaev (17. Abdullo Nabiev, 27), 13. Aleksandr Kletskov, 16. Akmal Xolmurodov, 18. Sirojiddin Sayfiev, 21. Azamat Bobojonov (3. Maksim Kolyadin, 84), 24 .Temur Dadashev (8. Yunus Suyunov, 73), 25. Nodir Sanaqulov.
Zaxirada qolganlar: 1. Igor Mixaylov, 11. Bobur Nasimov, 22. Firdavs Abdusalimov, 26. Komil Sharofutdinov.
«Guliston»: 24. Doniyorjon Usmonov, 2. Ibrohim Rahimov, 3. Akbar Sattaev, 18. Bobur Akbarov, 24. Sarvar Jo`raev, 25. Elyor Jahonov, 15. Sobir Usmonxo`jaev (17. Alisher Shog`ulomov, 83), 22. Tohir Shamsiddinov, 7. Robbim Xasanov, 9. Xurshid Yo`ldoshev (10. Zafar Qoraqulov, 67), 11. Nosir Otaqo`ziev (27. Konstantin Boev, 87 ).
Zaxirada qolganlar: 1. Ilhom Jumanov, 4. Jasur Otajonov, 19. Rustam Qodirov, 21. Mirjalol Qurbonov.
Ogohlantirishlar: Tohirjon Shamsiddinov (31), Elyor Jahonov (48), Robbim Hasanov (76), Doniyorjon Usmonov (90+4).

Xabar «Buxoro», «So`g`diyona» va «Dinamo» klublari yordamida tayyorlandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib