Moliyaviy qiyinchiliklar sabab «Neftchi» PFK (Tinchlik) va «Xiva» PFK (Xiva) 2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari safidan chiqarildi.
O`zbekiston Birinchiligi-2013 birinchi bosqich ishtirokchilari tarkibini to`ldirish maqsadida «Bunyodkor-2» PFK (Toshkent) va «Buxoro-2» PFK (Buxoro) musobaqaga qo`yildi.
«Bunyodkor-2» PFK «Sharq» mintaqasida «Qo`qon-1912» PFK (Qo`qon) jamoasi bilan juftlikda ishtirok etadi.
«Buxoro-2» PFK «Spartak» PFK (Buxoro) bilan juftlikda ishtirok etadi.
«Xorazm» PFK (Urganch) esa «Orol» PFK (Nukus) bilan juftlikda ishtirok etadi.
O`zbekiston Birinchiligi jamoalari tarkibida o`zgarishlar sodir bo`lgani munosabati bilan O`zbekiston Kubogi doirasidagi «Xiva» – «Buxoro-2», «Qo`qon-1912» – «Neftchi» va «Orol» – «Xorazm» o`yinlari o`tkazilmaydi. «Orol», «Qo`qon-1912» va «Buxoro-2» jamoalari O`zbekiston Kubogining keyingi bosqichiga yo`l oldi.