23 mart kuni O`zbekiston Chempionati 2-turining qoldirilgan ikki o`yini – «Dinamo» – «Guliston» va «Buxoro» – «So`g`diyona» uchrashuvlari o`tkaziladi. Eslatib o`tamiz, ushbu uchrashuvlar noqulay ob-havo sharoiti sabab 9 mart kuni o`tkazilmay qolgandi. Ushbu o`yinlarni dastlabki tayinlangan hakamlar boshqaradi.
Xuddi o`sha sababga ko`ra 9 mart kuni o`tkazilmagan va endi 3 aprel kuni Kosonsoyda bo`lib o`tadigan, 2-tur doirasidagi «Navbahor» – «Lokomotiv» o`yinida bosh hakam va yon qanot hakamlari o`zgardi. Valentin Kovalenko, Rafael Ilyosov va Ma`mur Saidqosimov o`rniga ushbu o`yinni Marat Ismoilov (bosh hakam), Alisher Usmonov va Ruslan Serazitdinov boshqarib boradi.
Oliy Liga-2013, 2-turning qoldirilgan uchrashuvlari
23 mart, shanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Guliston» (Guliston)
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent viloyati), A. Marajabov (Andijon), U. Karimov (Andijon), V. Serazetdinov (Toshkent).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
«Buxoro» (Buxoro) – «So`g`diyona» (Jizzax)
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), A. Bukatin (Toshkent), T. Galeev (Urganch).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
3 aprel, chorshanba
«Navbahor» (Namangan) – «Lokomotiv» (Toshkent)
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), R. Tolibjanov (Farg`ona).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).