«Paxtakor» - «Neftchi» (1:0) va «Lokomotiv» - «Sho`rtan» (3:0) o`yinlaridan fotogalereya

17.03.2013

«Paxtakor» - «Neftchi» (1:0) va «Lokomotiv» - «Sho`rtan» (3:0) o`yinlaridan fotogalereya

14-17 mart kunlari Oliy Liga-2013 3-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

3-turni «Lokomotiv» – «Sho`rtan» uchrashuvi ochib berdi. Unda maydon egalari 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi. 16 mart kuni «Nasaf» – «Buxoro» (3:1), «Guliston» – «Olmaliq» (0:0) o`yinlari o`tkazildi. Xuddi shu kuni o`tkazilgan «Metallurg» – «Dinamo» o`yin natijasiga ko`ra, bekobodliklar kamida bir kun Oliy Liga peshqadamiga aylanishdi.

17 mart kuni turning so`nggi uchta o`yini o`tkazildi. «So`g`diyona» Zomindagi stadionda «Navbahor»ni qabul qilib, mavsumdagi dastlabki ochkolarini qo`lga kiritgan bo`lsa, «Bunyodkor» safarda «Qizilqum»ni mag`lubiyatga uchratib, peshqadamlikni qaytarib oldi. «Paxtakor» esa o`z maydonida «Neftchi»ni kichik hisobda mag`lub etdi.

Quyida Oliy Liga 3-turidan o`rin olgan «Lokomotiv» – «Sho`rtan» (3:0) va «Paxtakor» – «Neftchi» (1:0) o`yinlaridan tayyorlangan fotoreportajlar bilan tanishishingiz mumkin. Suratlar muallifi – Hasan Pirmuhamedov (O`zPFL matbuot xizmati).

14 mart, payshanba. «Lokomotiv» – «Sho`rtan» (3:0)

17 mart, yakshanba. «Paxtakor» – «Neftchi» (1:0)

cola
apex
mib
mib
mib
mib