«Metallurg» – Oliy Liga peshqadami

16.03.2013

«Metallurg» – Oliy Liga peshqadami

Oliy Liga 3-tur uchrashuvidan so`ng Bekobodning «Metallurg» jamoasi kamida bir kunga Oliy Liga peshqadamiga aylandi.

16 mart, shanba kuni Bekobodda mahalliy «Metallurg» va Samarqandning «Dinamo» jamoalari o`rtasida Oliy Liga 3-tur uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bungacha «Metallurg» 1-turda o`z maydonida «Sho`rtan»ni mag`lub etgan, 2-turda esa «Neftchi»ni safarda er tishlatgan va peshqadamlar guruhida borayotgan edi. «Dinamo» esa mavsumni «Neftchi»ga qarshi mag`lubiyatli o`yin bilan boshlab, 2-turdagi «Guliston»ga qarshi o`yinni noqulay ob-havo sharoiti tufayli o`tkaza olmagandi.

«Metallurg» va «Dinamo» o`rtasidagi qiziqarli o`yinda hisob ochilmadi. Shunday qilib, «Dinamo» Bekobod klubining g`alabali yurishiga chek qo`ydi va mavsumdagi ilk ochkosini qo`lga kiritdi. Shunga qaramay, «Metallurg» Oliy Liga peshqadamiga aylandi. Biroq, 3-turning 17 mart kuni o`tkaziladigan o`yinlaridan so`ng bekobodliklar peshqadamlikni «Bunyodkor»ga topshirishlari mumkin.

4-turda «Metallurg» o`z maydonida «Paxtakor»ni qabul qiladi, «Dinamo» esa «Olmaliq»ni qabul qiladi. Bekoboddagi o`yin 29 mart, juma kuni o`tkazilsa, Samarqanddagi bahs 30 mart, shanba kuniga belgilangan.

Oliy Liga-2013, 3-tur uchrashuvi.
16 mart, shanba
«Metallurg» (Bekobod) – «Dinamo» (Samarqand) 0:0 (0:0). 2212 tomoshabin.
Hakamlar:
B.Namozov (Toshkent), F.Hasanov (Namangan), V.Lushin (Guliston), Sh.Xakimov (Andijon).
Nazoratchi: G`.Karimov (Toshkent).
«Metallurg»: 1. Ma`mur Ikromov, 2. Odil Isaboev, 3. Dilmurod Karimov, 7. Doniyor Odilov, 8.Sunnatilla Mamadaliev, 11. Shuxrat Yuldashev, 13.Aleksandr Kovalyov (3.Saidkomil Akbarov, 56), 14. Davron Karimqulov, 19.Ruslan Vagapov (10.Shoxnazar Norbekov, 60), 20. Mirg`iyos Sulaymonov (4.Hikmat Hoshimov, 90), 21. Sardor Rasulov.
Zaxiradagilar: 32.Suhrobjon Sultonov, 5. Umid Tojimov, 23. Akbarov Mirto`ra, 24.Jasur Boboev.
«Dinamo»: 1.Igor Mixaylov, 5.Ahrol Risqullaev, 6.Akmal Bozorov, 9. Vladimir Kilikevich, 10.To`lqin Mirzaev (8.Yunus Suyunov, 90), 13.Aleksandr Kletskov, 16.Akmal Xolmurodov, 18.Sirojiddin Sayfiev, 21.Azamat Bobojonov (17.Abdulla Nabiev, 66), 24.Timur Dadashev, 25.Nodir Sanoqulov (3.Maksim Kolyadin, 82).
Zaxiradagilar: 27.Andrey Melnichuk, 22.Firdavs Abdusalimov, 26.Komil Sharofutdinov, 73.Oleg Gorvits.
Ogohlantirishlar: Dilmurod Karimov (59), Shohnazar Norbekov (77) - Aleksandr Kletskov (13), Ahrol Risqullaev (69), Abdulla Nabiev (87).

O`yindan keyingi fikrlar:
Rustam Mirsodiqov, «Metallurg» bosh murabbiyi:
«Bugun qaysi jamoaning omadi chopsa o`sha tomon g`alabani ilib ketadigan o`yin edi. Biz o`tgan tur Farg`onada «Neftchi»ni qarshi hujumda mag`lub etib ketganimizdek, bugun «Dinamo» shu usulda bizni mag`lub etishi mumkin edi. Har ikki tomon ham faqat g`alabani ko`zlab maydonga tushgandi. Ammo, vaziyatlardan foydalanmaslik nursiz durang bo`lishini ta`minladi».

Kamo Gazarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «Bugun ikki ochko yo`qotdik ham, bir ochko qo`lga kiritdik ham desak bo`ladi. Chunki, har ikki tomonda ham g`alabani ilib ketish uchun vaziyatlar ko`p bo`ldi. Jamoamizning dastlabki ochkosi bo`lganligi uchun va buning safarda qo`lga kiritganimiz bois xursandmiz. Umid qilamanki, yigitlarimiz 23 mart kungi ochilish marosimida muxlislarimizga g`alabani tuhfa etishadi».

cola
apex
mib
mib
mib
mib