«Guliston» «Olmaliq» bilan durang o`ynadi

16.03.2013

«Guliston» «Olmaliq» bilan durang o`ynadi

«Guliston» va «Olmaliq» jamoalari mag`lubiyat O`zbekiston Oliy Ligasi 3-turida mag`lubiyatsiz seriyalarni davom ettirishdi.

Oliy Liga debyutanti «Guliston» jamoasi Oliy Ligani 2:0 hisobidagi g`alaba bilan boshlagan, 2-turdagi «Dinamo»ga qarshi o`yini noqulay ob-havo sabab boshqa muddatga qoldirilgan edi. «Olmaliq» esa, mavsumni «Nasaf»ga qarshi 2:2 hisobidagi durang bilan boshlab, 2-turda o`z maydonida «Qizilqum»ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratgan edi.

«Dastlabki turda mehmonda «Qizilqum» jamoasi ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g`alaba ham sirdaryolik ashaddiy ishqibozlarni bo`lajak uchrashuvga bo`lgan qiziqishini oshirdi. Shu kuni «Guliston» stadionida yangi mavsumning ochilishiga bag`ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyati futbol federatsiyasi prezidenti, viloyat xokimi Oybek Ashurmatov «Guliston» va «Olmaliq» jamoalari murabbiylari va futbolchilarini, ixlosmandlarni futbol bayrami bilan samimiy qutladi, omadlar tiladi. Shuningdek, mahalliy san`at ustalari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi», - deya xabar beradi «Guliston» FK matbuot xizmati.

«Uchrashuvning birinchi yarmi teng kurashlar ostida kechdi. Tanaffusdan keyin mezbonlar tashabbusga ega bo`lib bir qator xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. Ammo yakunlovchi zarbani berishda mezbonlarga aniqlik etishmadi. Ta`kidlash joizki, "Olmaliq"ning turkmanistonlik posboni Maqsatmurod Shomurodov o`zini ko`rsatdi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda tomonlarning kuchi teng keldi», - deya qo`shimcha qiladi «Guliston» matbuot xizmati.

4-turda «Guliston» jamoasi safarda «Bunyodkor» mehmoni bo`ladi, ushbu o`yin 29 mart kuni o`tkaziladi. «Olmaliq» esa 30 mart kuni Samarqandda «Dinamo» mehmoni bo`ladi.

Oliy Liga-2013, 3-tur uchrashuvi
16 mart, shanba
«Guliston» (Guliston) – «Olmaliq» (Olmaliq) 0:0 (0:0). Guliston.
Hakamlar:
V.Tseytlin (Toshkent), X.Shodmonov (Buxoro), A.Tsapenko (Toshkent vil.), I.Gormashov (Toshkent).
Nazoratchi: V.Valitskiy (Toshkent).
«Guliston»: 24.Doniyor Usmonov, 2.Ibrohim Rahimov, 3.Akbar Sattaev, 18.Bobur Akbarov, 23.Sarvar Jo`raev, 25.Elyor Jahonov (27.Konstantin Boev, 75), 7.Robbim Hasanov, 15.Sobir Usmonxo`jaev (Alisher Shog`ulomov, 89), 22.Tohir Shamsiddinov, 9.Xurshid Yo`ldoshev (10.Zafar Qoraqulov, 63), 11.Nosir Otaqo`ziev.
Zaxiradagilar: 1 Ilhom Jumanov, 4 Jasurbek Otajonov, 19 Rustam Qodirov, 20 Alisher Ergashev.
«Olmaliq»: 1.Maqsatmurod Shomurodov, 2.Temur Kagirov, 4.Baxrom Yo`ldoshev, 5.Evgeniy Gogol, 6.Akmal Rustamov, 7.Doston Abduraxmonov, 18.Samandar Shodmonov, 11.Zoxir Pirimov, 23.Sherali Jo`raev (24.Diyor Turopov, 72), 13.Igor Petkovich, 21.Shaxboz Erkinov (10.Mo`ydin Mamazulumov, 82).
Zaxiradagilar: 16 Umid Xonimqulov, 8 Zafar To`raev, 24 Doniyor Turopov, 9 Zafar Polvonov, 4 Farrux Nurliboev, 3 Azamat Isroilov.
Ogohlantirishlar: N. Otaqo`ziev (34) – I. Petkovich (10), D. Abdurahmonov (58), Sh. Jo`raev (67), E. Gogol (78).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Usmonxo`jaev – E. Gogol.

Uchrashuvdan so`ng
Baxtiyor Ashurmatov, «Guliston» bosh murabbiyi:
«Maydonimizda mavsumning ilk uchrashuvini o`tkazganimiz bois chiroyli o`yinimiz bilan muxlislarimizni xursand qilmoqchi edik. Lekin yanada kuchliroq futbol namoyish qilishimizga maydonning holati javob bermadi. Agarda yigitlar yuzaga kelgan goli vaziyatlardan samarali foydalanishganda bugun g`alaba qozonishimiz mumkin edi».

Igor Shkvirin, «Olmaliq» bosh murabbiyi: «Bunday maydonda yaxshi futbol o`ynashning iloji yo`q edi. Qaysi jamoa gol ursa o`sha tomon zafar quchardi. Eng asosiysi, tomonlar muxlislarga ma`qul keladigan o`yinni namoyish etishdi».

 

Xabar «Guliston» matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib