Oliy Liga 3-tur uchrashuvlari 14-17 mart kunlari o`tkaziladi. Turning dastlabki o`yini 14 mart kuni Toshkentda «Lokomotiv» va «Sho`rtan» jamoalari o`rtasida o`tkazildi va unda «temiryo`lchilar» yirik, 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi.
Tur doirasidagi navbatdagi o`yinlar 16-17 mart kunlari o`tkaziladi. Jumladan, shanba kuni «Metallurg» – «Dinamo» (16:00), «Nasaf» – «Buxoro» (17:00) va «Guliston» – «Olmaliq» (16:00) uchrashuvlari o`tkazilsa, «Paxtakor» – «Neftchi» (17:00), «So`g`diyona» – «Navbahor» (16:00) va «Qizilqum» – «Bunyodkor» (16:00) o`yinlari yakshanba kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, Oliy Liga 3-tur uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar ro`yxati e`lon qilingan edi.
Oliy Liga-2013, 3-tur uchrashuvlari
14 mart, payshanba
15. «Lokomotiv» (Toshkent) – «Sho`rtan» (G`uzor) 3:0
16 mart, shanba
16. «Metallurg» (Bekobod) – «Dinamo» (Samarqand) – 16:00
17. «Nasaf» (Qarshi) – «Buxoro» (Buxoro) – 17:00
18. «Guliston» (Guliston) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 16:00
17 mart, yakshanba
19. «Paxtakor» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) – 17:00
20. «So`g`diyona» (Jizzax) – «Navbahor» (Namangan) – 16:00
21. «Qizilqum» (Zarafshon) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 16:00
Yoshlar Birinchiligi-2013, 3-tur uchrashuvlari
13 mart, chorshanba
15. «Lokomotiv» (Toshkent) – «Sho`rtan» (G`uzor) 3:0
15 mart, juma
16. «Metallurg» (Bekobod) – «Dinamo» (Samarqand) – 14:00
17. «Nasaf» (Qarshi) – «Buxoro» (Buxoro) – 16:00
18. «Guliston» (Guliston) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 16:00
16 mart, shanba
19. «Paxtakor» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) – 15:00
20. «So`g`diyona» (Jizzax) – «Navbahor» (Namangan) – 15:00
21. «Qizilqum» (Zarafshon) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 16:00