O`zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magametov OFKning professional ligalar bo`yicha, shuningdek, «Osiyoga nazar» qo`mitalari majlislarida ishtirok etib qaytdi.
Professional ligalar bo`yicha qo`mita majlisida 2014 va 2015 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi bahslari ishtirokchilariga qo`yiladigan Talablar, shuningdek, ushbu musobaqaning 2014 va 2015 yilgi mavsumlarida mamlakatlarga ajratiladigan o`rinlar masalasi ko`rib chiqildi.
«Osiyoga nazar» qo`mitasi majlisida esa Osiyo mintaqasida futbolning keyingi rivoji masalalari kun tartibida asosiy o`rinni egalladi.