13 mart, chorshanba kuni Yoshlar Birinchiligida 3-tur bahslari start oldi. Turni «Lokomotiv» va «Sho`rtan» o`rtasidagi o`yin ochib berdi.
2-turdan so`ng musobaqa peshqadamlaridan biri bo`lib turgan «Lokomotiv» dastlabki ikki turda faqat durang o`ynagan «Sho`rtan» yoshlari darvozasiga javobsiz uchta gol urdi. Boburbek Tillaboev o`yinning 3-daqiqasidayoq hisobni ochgan bo`lsa, ikkinchi bo`limda Umid Ernazarov va Doniyor Usmonov tomonidan urilgan gollar «yosh temiryo`lchilar»ning yirik hisobdagi muvaffaqiyati uchun etarli bo`ldi.
Ushbu g`alabadan so`ng «Lokomotiv» ochkolari sonini 9taga etkazib, kamida juma kuniga qadar musobaqa peshqadami bo`lib oldi. Jamoa shu kungacha jami ettita gol urib, o`z darvozasidan hali birorta ham gol olib chiqmagan.
Yoshlar Birinchiligi, 3-tur uchrashuvi
13 mart, payshanba
«Lokomotiv» - «Sho`rtan» - 3:0. 351 tomoshabin.
Hakamlar: O. To`ychiboev, F. Yormuhamedov, S. Shoyusupov, A. Ergashev.
Nazoratchi: R. Aytekov.
Gollar: B. Tillaboev (3), U. Ernazarov (61), D. Usmonov (90+2).
Ogohlantirishalar: B. Yuldashev (21), I. Aliboev (ikkisi ham – “Lokomotiv», 88).