O`zbekiston Professional futbol ligasi Oliy Liga 2-turining qoldirilgan uchta o`yini – «Dinamo» – «Guliston», «Buxoro» – «So`g`diyona» va «Navbahor» – «Lokomotiv» o`yinlari sanalarini belgiladi.
Ushbu o`yinlar 9 mart kuni o`tkazilishi kerak edi, biroq yuzaga kelgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli noma`lum muddatga qoldirilgan edi.
Shunday qilib, «Dinamo» – «Guliston» va «Buxoro» – «So`g`diyona» o`yinlari 23 mart kuni o`tkaziladi. «Navbahor» – «Lokomotiv» o`yini esa 3 aprelga belgilandi.