14 mart, payshanba kuni 2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Unda, hududiy tamoyilga asosan ikki mintaqaga bo`lingan jami 24 klub ishtirok etdi.
Birinchi bosqichning to`liq taqvimi yaqin vaqt ichida Professional futbol ligasi saytiga joylashtiriladi.
Qayd etish joiz, birinchi bosqich musobaqalari «bir-biri bilan» tamoyili asosida ikki davra davom etadi. Har bir mintaqaning eng yaxshi natija ko`rsatgan sakkiz jamoasi, «oltin ochkolar» bilan ikkinchi bosqichga yo`l oladi. Ya`ni, har bir mintaqadagi eng kuchli sakkiz jamoaning o`zaro o`yinlarda to`plagan ochkolari, urgan va o`tkazib yuborgan gollari soni saqlab qolinadi.
Ikkinchi bosqich taqvimi qo`shimcha qur`a tashlash marosimidan so`ng O`zPFL sport bo`limi tomonidan taqdim etiladi.
O`z mintaqasidan 8-o`rindan quyi pog`onalarni egallagan jamoalar ikkinchi bosqichda bir davradan iborat ikki musobaqa o`tkazishadi va uning natijalariga ko`ra, yuqori o`rinni egallagan ikki jamoa Birinchi Ligadagi o`rinlarini saqlab qolishadi. 3-4-o`rinlarni egallagan jamoalar 2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligida 15-16-o`rinlarni egallagan jamoalarga qarshi qo`shimcha musobaqada ishtirok etishadi va uning natijalariga ko`ra, ikki jamoa 2014 yilgi O`zbekiston Birinchiligida ishtirok etish huquqini saqlab qoladi.
O`zbekiston Birinchiligi-2013 taqvimi
«G`arb» mintaqasi
«Mash`al» (Muborak)
«Alanga» (Qarshi)
«Zarafshon-PFK» (Navoiy)
«Xorazm» (Urganch)
«Xiva» (Xiva)
«Registon» (Samarqand)
«G`allakor-Avtomobilchi» (G`allaorol)
«Zomin» (Zomin)
«Sherdor» (Samarqand)
«Spartak» (Buxoro)
«Orol» (Nukus)
«Surxon» (Termiz)
1-tur uchrashuvlari
28 mart, payshanba
«Xiva» (Xiva) - «Alanga» (Qarshi)
«Orol» (Nukus) - «Surxon» (Termiz)
«Registon» (Samarqand) - «Sherdor» (Samarqand)
«G`allakor-Avtomobilchi» (G`allaorol) - «Zomin» (Zomin)
«Zarafshon-PFK» (Navoiy) - «Xorazm» (Urganch)
«Mash`al» (Muborak) - «Spartak» (Buxoro)
2-tur uchrashuvlari
31 mart, yakshanba
«Xiva» - «Surxon»
«Orol» - «Alanga»
«Registon» - «Zomin»
«G`allakor-Avtomobilchi» - «Sherdor»
«Zarafshon-PFK» - «Spartak»
«Mash`al» - «Xorazm»
«Sharq» mintaqasi
«Andijon» (Andijon)
«NBU-Osiyo» (Toshkent)
«Yangier» (Yangier)
«Oqtepa» (Toshkent)
«Qo`qon-1912» (Qo`qon)
«Neftchi» (Tinchlik)
«Kosonsoy» (Kosonsoy)
«Chust-Paxtakor» (Chust)
«Paxtakor-2» (Toshkent)
«Lokomotiv-BFK» (Toshkent)
«Xotira-79» (Namangan viloyati)
«Istiqlol» (Toshkent)
1-tur uchrashuvlari
28 mart, payshanba
«Xotira-79» (Namangan viloyati) - «Lokomotiv-BFK» (Toshkent)
«Andijon» (Andijon) - «Paxtakor-2» (Toshkent)
«Yangier» (Yangier) - «Oqtepa» (Toshkent)
«Istiqlol» (Toshkent) - «NBU-Osiyo» (Toshkent)
«Qo`qon-1912» (Qo`qon) - «Kosonsoy» (Kosonsoy)
«Neftchi» (Tinchlik) - «Chust-Paxtakor» (Chust)
2-tur uchrashuvlari
31 mart, yakshanba
«Xotira-79» - «Paxtakor-2»
«Andijon» - «Lokomotiv-BFK»
«Yangier» - «NBU-Osiyo»
«Istiqlol» - «Oqtepa»
«Qo`qon-1912» - «Chust-Paxtakor»
«Neftchi» - «Kosonsoy»